O'qildi: 60
21.02.2026
/ 4 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Ayollar bilan suhbat odobi
Savol
Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.
Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.
Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?
Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?
Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.
Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh sizni muvaffaq qilsin, bilingki, erkak kishining begona ayol bilan gaplashishi shariatda muhim qoidalar va shartlar bilan joizdir, bu shartlarning barchasidan maqsad fitna eshigini yopish va gunohga tushishning oldini olishdir. Bu shartlarning ba’zilari quyidagilardir:
Agar ushbu shartlarga rioya qilinsa va fitnadan salomat bo‘lishga ishonch hosil qilinsa, u bilan suhbatlashishning moneligi yo‘q.
Shayx Solih Favzon yigitlarning qizlar bilan telefonda gaplashishi hukmi haqidagi savolga bergan javobida shunday deganlar: «Yosh yigitlarning qizlar bilan suhbatlashishi undagi fitna sababli joiz emas; magar, qiz unga unashtirilgan bo‘lsa va suhbat faqatgina unashtiruv manfaatlari yo‘lida o‘zaro bir-birini tushunish maqsadida olib borilsa, bu holat istisno qilinadi. Hatto shu holatda ham qizning valiyi (vasiysi) bilan gaplashish avloroq va ehtiyotliroqdir» («Muntaqo min fatava ash-Shayx Solih al-Favzon», 3/163, 164).
Siz esa bu ayolga hali unashtirilmagansiz, shuning uchun fitnaga olib boruvchi sabablardan qattiq ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Shu bois, maqsadingizga erishish uchun u ayolga yaqinlashmagan holda barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘ring.
Bunga Allohning Kitobidagi ikki oyat asos bo‘ladi:
Birinchisi:
«Ey payg‘ambar ayollari, sizlar agar taqvodor bo‘lsangizlar, ayollardan birontasi kabi emasdirsizlar. Shunday ekan, sizlar (parda ortidan biron nomahram erkakka javob qilgan paytlaringizda) mayin-nazokatli so‘z qilmanglarki, u holda ko‘nglida maraz-nifoq bo‘lgan kimsa tama qilib qolur. Yaxshi — to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar!» (Ahzob: 32).
Ikkinchisi:
«Qachon sizlar (nomahram ayollardan biron narsa so‘rasangizlar) parda ortida turib so‘ranglar! Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham toza tutguvchiroqdir» (Ahzob: 53).
Shundan so‘ng eslatib o‘tmoqchimanki, musulmon kishi uchun juft tanlash mezoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam da’vat etgan va targ‘ib qilgan mezon bo‘lishi kerak.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol to‘rt narsasi uchun nikohga olinadi: moli uchun, nasl-nasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Sen dindorini olgin, baraka topkur», dedilar» (Buxoriy, 5090; Muslim, 1466).
Sizni haromga olib boradigan yoki unga yaqinlashtiradigan har qanday narsadan ehtiyot bo‘ling. Masalan, u qiz bilan xilvatda qolish, birga biror yerga borish va shunga o‘xshash ishlardan.
Allohdan sizga O‘ziga itoat qilishda yordam beradigan solih bir juft ato etishini so‘rayman.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?