O'qildi: 224
11.02.2026
/ 23 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Nafl roʻzalar » Roʻza tutishdan qaytarilgan kunlar » Sha’bon oyi
Savol
Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Shak kuni deb nomlanishining sababi, unda Shaʼbonning oxirgi kunimi yoki Ramazonning birinchi kunimi, degan shubha borligidir.
Bu kunda roʻza tutish Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi soʻzlariga binoan haromdir:
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam [yoki Abulqosim sollallohu alayhi vasallam] dedilar: «Uni (hilolni) koʻrib, roʻza tutinglar va uni koʻrib, roʻzani ochinglar. Agar sizlarga bilinmay qolsa, Shaʼbonning adadini oʻttiztaga yetkazinglar» (Sahihi Buxoriy, 1909).
Ammor ibn Yosir: «Kim bu kunda roʻza tutsa, Abul Qosim sollallohu alayhi vasallamga osiy boʻlibdi», deganlar (Abu Dovud, 2334; Termiziy, 686; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 686).
Hofiz Ibn Hajar aytadi: «Bundan shak kuni roʻza tutishning haromligiga dalil olingan, chunki sahobiy shaʼriy hukmni oʻzining shaxsiy fikridan kelib chiqib aytmaydi, demak, bu soʻz marfuʼ hukmidadir».
Doimiy qoʻmita ulamolari shak kuni haqida shunday deyishgan: «Sunnat bu kunning roʻzasini harom ekaniga dalolat qiladi»(«Fatovo al-Lajna», 10/117).
Shayx Muhammad ibn Usaymin rahimahulloh shak kuni roʻzasining hukmi borasidagi ixtiloflarni zikr qilgach, shunday deganlar: «Bu fikrlarning eng sahihi – unda roʻza tutish harom ekanidir. Lekin agar imom nazdida bu kunning roʻzasi vojibligi sobit boʻlsa va odamlarni uning roʻzasini tutishga buyursa, unga qarshi chiqilmaydi. Qarshi chiqmaslik esa, inson roʻza tutmayatganini oshkor qilmasligi, balki yashirincha ogʻzi ochiq boʻlishi bilan amalga oshadi» («Ash-Sharh al-Mumtiʼ», 6/318).
Manba: Islomiy savol-javob hayʼati ulamolari
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?