Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Ramazon » Ramazon oyining xususiyatlari
Fatvo: 13480

O'qildi: 27

24.02.2026

/ 7 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazon oyining xususiyatlari

Savol

Ramazon oyining xususiyatlari nimalardan iborat?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

Ramazon oyining xususiyatlaridan:

Alloh azza va jalla Ramazon oyi ro‘zasini Islomning to‘rtinchi rukni qildi va ushbu oyda Qur’on nozil boʻldi. Bu oyda ming oydan yaxshiroq bo‘lgan Qadr kechasi bor. Alloh taolo bu oyning roʻzasini hamda tungi ibodatini iymon va savob umidida ado etishni gunohlarning mag‘firat qilinishiga sabab qildi. Alloh azza va jalla unda jannat eshiklarini ochadi, do‘zax eshiklarini yopadi va shaytonlarni kishanlaydi. Allohning bu oyning har kechasida do‘zaxdan ozod qiladigan bandalari bor.

 

Batafsil javob:

Ramazon o‘n ikki arab oylaridan biri bo‘lib, Islom dinida ulug‘langan oydir va u boshqa oylardan bir qancha xususiyatlar va fazilatlar bilan ajralib turadi, jumladan:

  1. Alloh azza va jalla uning ro‘zasini Islomning to‘rtinchi rukni qildi, Alloh taolo aytganidek:
﴿شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ﴾

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat hamda furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin» (Baqara: 185).

عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ يَقُولُ: إِنَّ الْإِسْلَامَ بُنِيَ عَلَى خَمْسٍ: شَهَادَةِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَإِقَامِ الصَّلَاةِ، وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ، وَصِيَامِ رَمَضَانَ، وَحَجِّ الْبَيْتِ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Islom besh narsa ustiga bino qilingan: «Allohdan o‘zga haq iloh yo‘q», deb guvohlik berish, namozni to‘kis ado etish, zakotni berish, Ramazon ro‘zasini tutish va Baytni haj qilish», deganlarini eshitganman», dedi» (Sahihi Buxoriy, 8; Sahihi Muslim, 16).

  1. Alloh azza va jalla bu oyda Qur’onni nozil qildi, yuqoridagi oyatda Alloh taolo aytganidek:
﴿شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ﴾

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan» (Baqara: 185).

U Zot yana shunday deydi:

﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ ۝١﴾

«Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik» (Qadr: 1).

  1. Alloh ming oydan yaxshiroq bo‘lgan Qadr kechasini shu oyga yashirdi, Alloh taolo aytganidek:
﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ ۝١ وَمَا أَدْرَاكَ مَا لَيْلَةُ الْقَدْرِ ۝٢ لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ ۝٣ تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ ۝٤ سَلَامٌ هِيَ حَتَّىٰ مَطْلَعِ الْفَجْرِ ۝٥﴾

«Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), Qadr kechasi nima ekanligini siz qayerdan bilar edingiz? Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir» (Qadr: 1-5).

U Zot yana aytdi:

﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةٍ مُبَارَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنْذِرِينَ ۝٣﴾

«Albatta Biz uni bir muborak-barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insonlarni ushbu Qur’on bilan Oxirat azobidan) ogohlantirguvchi bo‘ldik» (Duxon: 3).

Alloh taolo Ramazonni Qadr kechasi bilan fazilatli ayladi. Bu muborak kechaning martabasini bayon qilish uchun «Qadr» surasi nozil bo‘ldi va ko‘plab hadislar vorid bo‘ldi, jumladan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَتَاكُمْ رَمَضَانُ شَهْرٌ مُبَارَكٌ فَرَضَ اللهُ عَلَيْكُمْ صِيَامَهُ، تُفْتَحُ فِيهِ أَبْوَابُ السَّمَاءِ، وَتُغَلَّقُ فِيهِ أَبْوَابُ الْجَحِيمِ، وَتُغَلُّ فِيهِ مَرَدَةُ الشَّيَاطِينِ، لِلَّهِ فِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَ خَيْرَهَا فَقَدْ حُرِمَ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Sizlarga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh sizlarga uning ro‘zasini tutishni farz qildi. Unda osmon darvozalari ochiladi, jahannam darvozalari yopiladi va shaytonlarning ashaddiylari zanjirband qilinadi. Unda Allohning ming oydan yaxshiroq bir kechasi bor. Kim o‘sha kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, demak, u (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi» (Nasoiy, 2106; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Targ‘ib», 999).

Boshqa hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ قَامَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qadr kechasida iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2014; Sahihi Muslim, 760).

  1. Alloh azza va jalla uning ro‘zasini va tungi ibodatini iymon va savob umidida ado etishni gunohlarning mag‘firat qilinishiga sabab qildi, «Sahihayn»da kelgan hadisida:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ﵁، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim iymon bilan, savob umidida Ramazon ro‘zasini tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2014; Sahihi Muslim, 760).

Va boshqa rivoyatda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonda iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2009; Sahihi Muslim, 759).

Musulmonlar Ramazon kechalarida qoim bo‘lishning sunnat ekanligiga ijmo’ qilganlar. Imom Navaviy zikr qilganki, Ramazonda qoim bo‘lishdan murod taroveh namozidir, ya’ni qoim bo‘lishdan ko‘zlangan maqsad taroveh namozi bilan hosil bo‘ladi.

  1. Alloh azza va jalla Ramazon oyida jannat eshiklarini ochadi, do‘zax eshiklarini yopadi va shaytonlarni kishanlaydi.
سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3277; Sahihi Muslim, 1079).

  1. Allohning bu oyning har kechasida do‘zaxdan ozod qiladigan bandalari bor.
عَنْ أَبِي أُمَامَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ لِلَّهِ عِنْدَ كُلِّ فِطْرٍ عُتَقَاءَ».

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Darhaqiqat, har iftor vaqtida Allohning (do‘zaxdan) ozod qilgan bandalari bordir» (Musnadi Ahmad, 22202; Hadis hukmi: «hasan sahih». Manba: «Sahihi Targ‘ib», 1001).

Bazzorning Kashful astor toʻplamida keladi:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ : «إِنَّ لِلَّهِ عُتَقَاءَ فِي كُلِّ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ يَعْنِي: فِي رَمَضَانَ وَإِنَّ لِكُلِّ مُسْلِمٍ فِي كُلِّ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ دَعْوَةً مُسْتَجَابَةً».

Abu Sa’iddan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Alloh taboraka va taoloning har kuni va kechasi – ya’ni Ramazonda – do‘zaxdan ozod qiladigan bandalari bor. Shuningdek, batahqiq, har bir musulmonning har kuni va kechasi ijobat bo‘ladigan duosi bor», dedilar» (Kashful astor, 963; Hadis hukmi: «sahih ligʻoyrihi». Manba: «Sahihi Targ‘ib», 1002).

  1. Ramazon ro‘zasi, agar katta gunohlardan saqlanilsa, undan oldingi Ramazondan beri qilingan gunohlarga kafforat bo‘ladi.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ كَانَ يَقُولُ: «الصَّلَوَاتُ الْخَمْسُ، وَالْجُمْعَةُ إِلَى الْجُمْعَةِ، وَرَمَضَانُ إِلَى رَمَضَانَ، مُكَفِّرَاتٌ مَا بَيْنَهُنَّ إِذَا اجْتَنَبَ الْكَبَائِرَ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besh mahal namoz va juma keyingi jumagacha, Ramazon keyingi Ramazongacha o‘z oralaridagi gunohlarga kafforatdir, agar gunohi kabiralardan saqlangan bo‘lsa», der edilar» (Sahihi Muslim, 233).

  1. Ramazon ro‘zasi o‘n oyning ro‘zasiga teng keladi.
عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ أَنَّهُ حَدَّثَهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ، ثُمَّ أَتْبَعَهُ سِتًّا مِنْ شَوَّالٍ، كَانَ كَصِيَامِ الدَّهْرِ».

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro‘zasini tutib bo‘lib, ketidan shavvolda olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1164).

عَنْ ثَوْبَانَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ فَشَهْرٌ بِعَشَرَةِ أَشْهُرٍ، وَصِيَامُ سِتَّةِ أَيَّامٍ بَعْدَ الْفِطْرِ فَذَلِكَ تَمَامُ صِيَامِ السَّنَةِ».

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro‘zasini tutsa, (ushbu) bir oy o‘n oyga tengdir. Fitrdan (Ramazon hayitidan) keyingi olti kunlik ro‘za esa yilning qolgan qismini to‘ldiruvchidir. Ana shu (jami) bir yillik ro‘za demakdir», dedilar» (Musnadi Ahmad, 22412; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Shuayb Arnaut taxriji», 22412).

  1. Kim bu oyda imom bilan birga u namozni toʻliq tugatgunicha qoim bo‘lsa, unga bir kecha toʻliq qoim bo‘lganlik ajri yoziladi.
عَنْأَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِنَّ الرَّجُلَ إِذَا صَلَّى مَعَ الْإِمَامِ حَتَّى يَنْصَرِفَ حُسِبَ لَهُ قِيَامُ لَيْلَةٍ»

Abu Zarr roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi imom namozini tugatgunicha u bilan namoz o‘qisa, kechani qoim qilgan hisoblanadi», dedilar» (Abu Dovud, 1375; Termiziy, 806;  Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Salot at-Taroveh», 16).

  1. Bu oydagi umra hajga tengdir.
عَنْ عَطَاءٍ قَالَ: سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ يُخْبِرُنَا يَقُولُ: «قَالَ رَسُولُ اللهِ لِامْرَأَةٍ مِنَ الْأَنْصَارِ، مَا مَنَعَكِ أَنْ تَحُجِّينَ مَعَنَا؟ قَالَتْ: كَانَ لَنَا نَاضِحٌ فَرَكِبَهُ أَبُو فُلَانٍ، وَابْنُهُ لِزَوْجِهَا وَابْنِهَا، وَتَرَكَ نَاضِحًا نَنْضَحُ عَلَيْهِ، قَالَ: فَإِذَا كَانَ رَمَضَانُ اعْتَمِرِي فِيهِ، فَإِنَّ عُمْرَةً فِي رَمَضَانَ حَجَّةٌ، أَوْ نَحْوًا مِمَّا قَالَ».

Atodan rivoyat qilinadi: «Ibn Abbos roziyallohu anhumoning bizga xabar berib shunday deyayotganini eshitdim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ansoriya ayolga «Biz bilan birga haj qilishingga nima mone’lik qildi?» dedilar. U: «Bizning suv tashiydigan tuyamiz bor edi. Uni Abu Fulon va uning o‘g‘li – o‘z eri va o‘g‘lini nazarda tutyapti – minib ketishdi. Suv tashishimiz uchun bir tuya qoldirishdi», dedi. U zot: «Ramazon bo‘lganida umra qilgin, chunki Ramazondagi umra haj (kabi)dir», dedilar. Yoki shunga o‘xshash gap aytdilar» (Sahihi Buxoriy, 1782; Sahihi Muslim, 1256).

Boshqa rivoyatida:

«حَجَّةً مَعِي»

«Men bilan qilingan hajga (tengdir)», deyilgan. (Sahihi Buxoriy, 1863; Sahihi Muslim, 1256).

  1. Bu oyda e’tikof o‘tirish sunnatdir, chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam doimiy ravishda Ramazonda e’tikof oʻtirganlar.
عَنْ عَائِشَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ : أَنَّ النَّبِيَّ «كَانَ يَعْتَكِفُ الْعَشْرَ الْأَوَاخِرَ مِنْ رَمَضَانَ حَتَّى تَوَفَّاهُ اللهُ، ثُمَّ اعْتَكَفَ أَزْوَاجُهُ مِنْ بَعْدِهِ».

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam to Alloh u zotni vafot ettirgunicha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirgan edilar. So‘ngra zavjalari u zotdan keyin ham e’tikof o‘tirishdi» (Sahihi Buxoriy, 2026; Sahihi Muslim, 1172).

  1. Ramazonda Qur’onni o‘zaro o‘rganish va uni ko‘p tilovat qilish ta’kidlangan mustahab amaldir. Qur’onni o‘zaro o‘rganish shunday bo‘ladiki, bir kishi boshqasiga o‘qib beradi va boshqasi unga o‘qib beradi. Ushbu amalning mustahabligiga dalil:
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ، قَالَ: «… وَكَانَ يَلْقَاهُ فِي كُلِّ لَيْلَةٍ مِنْ رَمَضَانَ فَيُدَارِسُهُ الْقُرْآنَ…».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «…Jabroil Ramazonning har tunida u zot bilan uchrashib, Qur’onni dars qilishardi…» (Sahihi Buxoriy, 6; Sahihi Muslim, 2308).

Qur’on o‘qish mutlaqo mustahabdir, lekin Ramazonda yanada ta’kidliroqdir.

  1. Ramazonda ro‘zadorga iftorlik berish mustahabdir.
عَنْزَيْدِ بْنِ خَالِدٍ الْجُهَنِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ فَطَّرَ صَائِمًا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِهِ»، غَيْرَ أَنَّهُ لَا يَنْقُصُ مِنْ أَجْرِ الصَّائِمِ شَيْئًا.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga o‘sha (ro‘zador)ning ajricha ajr beriladi, lekin ro‘zadorning ajridan biror narsa kamaytirilmaydi», dedilar» (Termiziy, 807; Ibn Moja, 1746; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 807).

12598-raqamli savolga murojaat qiling.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar