Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Uzrli kishilarning roʻzasi » Imtihon sababli ro‘zani ochish joizmi?
Fatvo: 13179

O'qildi: 30

24.02.2026

/ 7 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Imtihon sababli ro‘zani ochish joizmi?

Savol

Agar o‘rta maktabni bitirish imtihoni Ramazon oyiga to‘g‘ri kelsa, talaba imtihonga diqqatini jamlay olishi uchun Ramazonda ro‘zasini ochishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Mukallaf kishiga imtihon uchun Ramazonda ro‘zasini ochishi joiz emas. Chunki bu shar’iy uzrlardan hisoblanmaydi. Balki unga ro‘za tutish va agar kunduzi dars qilishga qiynalsa, kechasi dars qilishi vojibdir.

Imtihon mas’ullari talabalarga yengillik qilishlari va ikki manfaatni – ro‘za manfaati va imtihonga tayyorgarlik ko‘rish uchun bo‘sh bo‘lish manfaatini jamlash maqsadida imtihonni Ramazondan boshqa vaqtga belgilashlari lozim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sahih rivoyatda kelishicha, u zot shunday deganlar:

«اللَّهُمَّ مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَشَقَّ عَلَيْهِمْ فَاشْقُقْ عَلَيْهِ، وَمَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَرَفَقَ بِهِمْ فَارْفُقْ بِهِ»

«Allohim, kim ummatimning biron ishiga boshliq bo‘lib, ularni mashaqqatga solsa, Sen ham uni mashaqqatga solgin! Kim ummatimning biron ishiga boshliq bo‘lib, ularga shafqat qilsa, Sen ham unga shafqat qilgin» (Sahihi Muslim, 1828).

Shunday ekan, imtihon mas’ullariga vasiyatim shuki, o‘g‘il va qiz talabalarga muloyimlik qilsin, imtihonni Ramazonda emas, balki undan oldin yoki keyin o‘tkazsin. Barchaga Allohdan tavfiq so‘raymiz.

Manba: Shayx Ibn Boz fatvolari, 4-jild, 223-bet.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Imtihon ro‘zani ochishga uzr boʻlmaydi

    Ramazonda olti yarim soat davom etadigan imtihon topshiraman, uning orasida 45 daqiqalik tanaffus bor. O‘tgan yili ham shu imtihonni topshirgan edim, lekin ro‘za sababli diqqatimni jamlay olmagandim. Imtihon kuni ro‘zamni ochishim joizmi?
  • Jihodga quvvat olish uchun roʻzani ochishning sharʼiyligi

    Mujohidlarning Ramazonda roʻza tutmasliklari joizmi? Garchi ular oʻz yurtlarida boʻlsalar va musofir boʻlmasalar ham.
  • Kafforat oʻtash tartibi

    Ramazonda roʻza tutmagan kishi uchun har kun uchun alohida fidya berish kerakmi yoki Ramazondan keyin barchasini jamlab bir marta beriladimi?
  • «Roʻza tutganga bir ajr, tutmaganga ikki ajr», degan hadis bormi?

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Roʻza tutgan kishiga bir ajr, roʻza tutmaganga esa ikki ajr», degan soʻzlarining maʼnosi nima?
  • «Safarda roʻza tutish yaxshilikdan emas» hadisining maʼnosi

    Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning: «Safarda roʻza tutish yaxshilikdan emas», deganlarini eshitdim. Bu musofirning roʻza tutishi durust emasligini anglatadimi?
  • Harbiy xizmatda roʻzani ochish joizmi?

    Men harbiy sohada xizmat qilaman. Ramazon oyi ham kirib keldi. Sharoitlar roʻza tutishni qiyinlashtirishini hisobga olib, roʻzamni ochishim joizmi?