Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Shar’iy dalilsiz kunni xoslash joiz emas
Fatvo: 1305

O'qildi: 183

08.09.2025

/ 16 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Shar’iy dalilsiz kunni xoslash joiz emas

Savol

Rajab oyining o‘n uchinchi, yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma yettinchi kunlari qanday ahamiyatga ega?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu kunlarning hech qanday alohida ahamiyati yo‘q. Rajab oyining barcha kunlari istisnosiz ulug‘langan, chunki Rajab oyi zulqa’da, zulhijja va muharram oylari kabi harom oylardan biridir. Ammo har oyning o‘n uchinchi kuni (faqat Rajab oyi emas) ro‘za tutish mustahab boʻlgan uch oydin kechadan biri hisoblanadi, ya’ni o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlari.

Bid’atchilarning ko‘pchiligi ba’zi kunlarni boshqa kunlarni afzal deb e’tiqod qilib, hech qanday shar’iy dalilsiz maxsus ibodatlar bilan ajratib oladilar. Bunday kishilarning amallari Alloh taoloning diniga U Zot ruxsat bermagan bid’at – dindagi yangilik kiritganlari uchun rad etiladi va qabul qilinmaydi.

Allohdan bizni sunnatga ergashishga va bid’atdan uzoq bo‘lishga muvaffaq qilishini so‘raymiz.

Alloh Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yo‘llasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?
  • Juma kechalari Yosin surasini jamoat bo‘lib o‘qish

    Juma kechalari masjidda jamoat bo‘lib Yosin surasini o‘qish shariatda bormi?
  • Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?

    Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.