O'qildi: 32
19.02.2026
/ 2 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzadorga mustahab boʻlgan amallar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniydan rivoyat qilinadi, u aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim roʻzadorga iftorlik qilib bersa, unga oʻsha (roʻzador)ning ajricha savob beriladi, lekin roʻzadorning ajridan biror narsa kamaytirilmaydi» (Termiziy, 807; Ibn Moja, 1746; Ibn Hibbon, 3429; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jomeʼ», 6415).
Shayxulislom aytdilar: «Iftor berishdan maqsad kishining ochligini qondirishdir» («Ixtiyorot», 194).
Salafi solihlar taom berishga ishtiyoqmand boʻlib, uni eng afzal ibodatlardan deb bilganlar.
Ularning baʼzilari shunday degan: «Oʻnta doʻstimni chaqirib, ular xohlagan yegulikni taqdim etishim, men uchun Ismoil avlodidan oʻn kishini ozod qilishdan mahbubroqdir».
Koʻplab salaflar oʻzlari roʻzador boʻla turib, iftorliklarini boshqalarga berar edilar. Shunday kishilar jumlasidan: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu va u kishining otalari, Dovud at-Toiy, Molik ibn Dinor va Ahmad ibn Hanbal boʻlib, ayniqsa Ibn Umar roziyallohu anhu faqat yetimlar va kambagʻallar bilan iftor qilar edi.
Baʼzi salaflar oʻzlari roʻzador boʻla turib, birodarlariga taom tortiq qilib, ularga xizmat koʻrsatardilar. Hasan Basriy va Ibn Muborak mana shunday kishilar jumlasidan edi.
Abu Savvor al-Adaviy aytadi: «Bani Adiy qabilasidan boʻlgan kishilar bu masjidda namoz oʻqirdilar va ularning hech biri yolgʻiz holda iftor qilmas edi. Agar birga ovqatlanadigan odam topsa, ovqatlanar, aks holda ovqatini masjidga olib borib, boshqalar bilan birga yer, odamlar ham unga qoʻshilib ovqatlanardilar».
Taom berish amalidan koʻplab savobli ishlar kelib chiqadi. Jumladan, taom berilganlarga mehr-muhabbat koʻrsatish jannatga kirishga sabab boʻladi. Quyidagi hadisda aytilganidek:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi koʻrmaguningizcha iymon keltirmaysiz» (Sahihi Muslim, 54).
Shuningdek, bu solihlar bilan birga oʻtirib, sizning taomingiz bergan quvvat bilan ibodatlarida yordam berib, savob umidida boʻlishga olib keladi.
Bu javob foydali bo’ldimi?