O'qildi: 158
03.02.2026
/ 15 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Uzrli kishilarning roʻzasi
Savol
Ramazon oyida qaysi turdagi kasallik roʻza tutmaslikka ruxsat beradi? Har qanday kasallik sababli, hatto yengil boʻlsa ham, roʻzani buzish joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning qisqacha mazmuni:
Roʻzani buzishga (yoki roʻza tutmaslikka) ruxsat beradigan kasallikning shartlari:
Javob:
Koʻpchilik ulamolar, jumladan, toʻrt mazhab imomlari ham, bemorning roʻzasini ochishiga faqat kasalligi ogʻir boʻlgan taqdirdagina ruxsat beriladi, degan fikrga borganlar.
Ogʻir kasallik deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ulamolar roʻza tutish oqibatida xastalikka chalinish xavfi boʻlgan kishilarni ham ushbu roʻyxatga qoʻshganlar.
Ibn Qudoma rahimahulloh aytadi:
«Roʻzani ochishga ruxsat beradigan kasallik – bu roʻza sababli kasallikning kuchayadigan yoki sogʻayishi kechikishi xavfi boʻlgan ogʻir kasallikdir. Imom Ahmadga:
– «Bemor qanday holatda roʻzasini ochadi?» deb soʻralganda, u kishi:
– «Agar roʻza tutishga qodir boʻlmasa», deb javob bergan.
– «Isitma kabimi?», deb soʻralgan edi,
– «Isitmadan ham ogʻirroq qanday kasallik bor?!» deb, javob berdi…
Roʻza sababli kasallikka chalinish xavfi boʻlgan sogʻlom kishi, kasalligi kuchayishi xavfi boʻlgani sababli roʻzani ochishga ruxsat berilgan bemor kabidir; chunki bemorga roʻza sababli kasalligi kuchayishi va choʻzilishi kabi kasallik qaytalanib qolishi xavfi boʻlgani uchungina roʻzani ochishga ruxsat berilgan. Kasallikning qaytalanish xavfi ham shu maʼnodadir». Iqtibos tugadi («Mugʻniy», 4/403).
Imom Navaviy aytadi: «Kasalligi sababli roʻza tutolmaydigan va tuzalishiga umid bor bemor uchun roʻza tutish farz emas… Bu hol roʻza tutish ularga sezilarli qiyinchilik tugʻdiradigan vaziyatda qoʻllaniladi. Ular roʻza tutishga mutlaqo qodir boʻlmaydigan darajaga yetishlari shart emas. Aksincha, asʼhoblarimiz aytganidek: roʻzani buzishga ruxsat berilishining sharti – roʻza tutish chidab boʻlmas darajada mashaqqatli boʻlishidir». Iqtibos tugadi («Majmuʼ», 6/261).
Baʼzi ulamolar har qanday bemorga, hatto roʻza tutish qiyinchilik tugʻdirmasa ham, roʻzani ochish joiz degan fikrga borganlar. Ammo bu koʻpchilik ulamolar tomonidan rad etilgan shoz (noyob) fikrdir.
Imom Navaviy aytadi: «Ammo ochiq-oydin qiyinchilik tugʻdirmaydigan yengil kasallikka kelsak, bizning fikrimizcha, hech qanday ixtilofsiz, bunday holatda roʻzani ochish joiz emasligidir» («Majmuʼ», 6/261).
Shayx Ibn Usaymin aytadi: «Roʻza taʼsir koʻrsatmaydigan bemor, masalan, yengil shamollash, yengil bosh ogʻrigʻi, tish ogʻrigʻi va shunga oʻxshash holatlardagi kishiga roʻzasini ochish halol emas. Garchi baʼzi ulamolar quyidagi oyatga asoslanib halol desalar ham:
«Va kim xasta boʻlsa» (Baqara: 185). Bunga javoban biz aytamizki: bu hukm bir sabab bilan izohlanadi, u ham boʻlsa roʻzani ochish unga yengilroq boʻlishidir. Ammo roʻza ularga taʼsir qilmasa, roʻzani ochishlari joiz boʻlmaydi va roʻza tutish farz boʻlib qolaveradi» («Sharh al-Mumtiʼ», 6/352).
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi javoblarga murojaat qilishingiz mumkin: 93243, 11107, 37761, 97798, 81030, 108759, 130283, 174581.
Vallohu aʼlam.
Manba: «Islomiy savol va javoblar»
Bu javob foydali bo’ldimi?