Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Uzrli kishilarning roʻzasi » «Roʻza tutganga bir ajr, tutmaganga ikki ajr», degan hadis bormi?
Fatvo: 12483

O'qildi: 58

22.02.2026

/ 5 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

«Roʻza tutganga bir ajr, tutmaganga ikki ajr», degan hadis bormi?

Savol

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Roʻza tutgan kishiga bir ajr, roʻza tutmaganga esa ikki ajr», degan soʻzlarining maʼnosi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Aniq shu mazmunda boʻlmasa-da, biz bilgan bunga oʻxshash hadis «Sahihi Muslim»da keladi:

عَنْ أَنَسٍ ﵁ قَالَ: «كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ ﷺ فِي السَّفَرِ فَمِنَّا الصَّائِمُ وَمِنَّا الْمُفْطِرُ، قَالَ: فَنَزَلْنَا مَنْزِلًا فِي يَوْمٍ حَارٍّ أَكْثَرُنَا ظِلًّا صَاحِبُ الْكِسَاءِ وَمِنَّا مَنْ يَتَّقِي الشَّمْسَ بِيَدِهِ قَالَ: فَسَقَطَ الصُّوَّامُ، وَقَامَ الْمُفْطِرُونَ فَضَرَبُوا الأَبْنِيَةَ، وَسَقَوُا الرِّكَابَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: ذَهَبَ الْمُفْطِرُونَ الْيَوْمَ بِالْأَجْرِ».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda edik. Baʼzilarimiz roʻza tutgan, baʼzilarimiz tutmagan edik. Jazirama issiq kunda bir manzilga toʻxtadik. Kiyimi borlar kiyimining soyasida edi, baʼzilarimiz esa quyoshdan qoʻli bilan saqlanardi. Shunda roʻza tutganlar yiqilib qolishdi, tutmaganlar esa turib, chodirlar tikib, ulovlarni sugʻorishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bugun ajrni roʻza tutmaganlar olib ketishdi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2890; Sahihi Muslim, 1119).

Imom Muslimning boshqa bir rivoyatida:

عَنْ أَنَسٍ ﵁ قَالَ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ ﷺ فِي سَفَرٍ، فَصَامَ بَعْضٌ وَأَفْطَرَ بَعْضٌ، فَتَحَزَّمَ الْمُفْطِرُونَ وَعَمِلُوا، وَضَعُفَ الصُّوَّامُ عَنْ بَعْضِ الْعَمَلِ قَالَ: فَقَالَ: فِي ذَلِكَ ذَهَبَ الْمُفْطِرُونَ الْيَوْمَ بِالْأَجْرِ».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda edilar. Baʼzilar roʻza tutdi, baʼzilar tutmadi. Roʻza tutmaganlar belni bogʻlab, ishga tushib ketishdi. Roʻzadorlar esa baʼzi ishlarga zaiflik qilib qolishdi. Shunda u zot bu haqda: «Bugun ajrni roʻza tutmaganlar olib ketishdi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1119).

Ikkala hadisning maʼnosi ham aniq va ravshan. Maqsad – safar paytida, qiyinchilik vaqtlarida va jazirama issiqda roʻza tutmaslik uchun berilgan ruxsatga amal qilish, azimatni olishdan, yaʼni roʻza tutishdan koʻra yaxshiroq ekanini bayon qilishdir.

Ammo siz zikr qilgan hadisga kelsak, uning aslini, bunday hadis borligini bilmaymiz.

Tavfiq Allohdandir. Paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga salavot va salomlar boʻlsin.

Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar boʻyicha Doimiy Qoʻmita, (10/202).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Imtihon ro‘zani ochishga uzr boʻlmaydi

    Ramazonda olti yarim soat davom etadigan imtihon topshiraman, uning orasida 45 daqiqalik tanaffus bor. O‘tgan yili ham shu imtihonni topshirgan edim, lekin ro‘za sababli diqqatimni jamlay olmagandim. Imtihon kuni ro‘zamni ochishim joizmi?
  • Imtihon sababli ro‘zani ochish joizmi?

    Agar o‘rta maktabni bitirish imtihoni Ramazon oyiga to‘g‘ri kelsa, talaba imtihonga diqqatini jamlay olishi uchun Ramazonda ro‘zasini ochishi joizmi?
  • Jihodga quvvat olish uchun roʻzani ochishning sharʼiyligi

    Mujohidlarning Ramazonda roʻza tutmasliklari joizmi? Garchi ular oʻz yurtlarida boʻlsalar va musofir boʻlmasalar ham.
  • Kafforat oʻtash tartibi

    Ramazonda roʻza tutmagan kishi uchun har kun uchun alohida fidya berish kerakmi yoki Ramazondan keyin barchasini jamlab bir marta beriladimi?
  • «Safarda roʻza tutish yaxshilikdan emas» hadisining maʼnosi

    Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning: «Safarda roʻza tutish yaxshilikdan emas», deganlarini eshitdim. Bu musofirning roʻza tutishi durust emasligini anglatadimi?