O'qildi: 131
11.02.2026
/ 23 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Uzrli kishilarning roʻzasi
Savol
Men harbiy sohada xizmat qilaman. Ramazon oyi ham kirib keldi. Sharoitlar roʻza tutishni qiyinlashtirishini hisobga olib, roʻzamni ochishim joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Sizning Ramazon oyida roʻzangizni buzishingiz joiz emas; chunki roʻza tutishga mukallafsiz. Bundan faqat ikki holat mustasno: safarda boʻlsangiz yoki roʻza tutishga qodir boʻlmaydigan darajada betob boʻlsangiz. Chunki Alloh taolo aytadi:
«Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi» (Baqara: 185).
U Zot yana aytadi:
«Va bu dinda sizlarga biron xaraj-tanglik qilmadi» (Haj: 78).
Va yana boshqa oyatda:
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi» (Baqara: 286).
Shuningdek, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga koʻra:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qachon sizlarni biron amalga buyursam, kuchingiz yetganicha uni bajaringlar!» (Sahihi Buxoriy, 7288).
Tavfiq Allohdandir, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga salavot va salomlar boʻlsin.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar boʻyicha Doimiy Qoʻmita, 10/232.
Bu javob foydali bo’ldimi?