Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Birja va qimmatbaho qog‘ozlar » It-kompaniyalar aksiyalarini sotib olish
Fatvo: 1210

O'qildi: 46

Avgust 31, 2025

/ 8 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

It-kompaniyalar aksiyalarini sotib olish

Savol

Kompyuter kompaniyalari va shunga o‘xshash korxonalarning aksiyalarini sotib olish hukmini dalillari bilan bayon qilib bersangiz. Agar joiz bo‘lsa, faqat texnologik qurilmalar bilan shug‘ullanadigan boshqa kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va sotish orqali sarmoya kiritadigan kompaniyalarda ham ishtirok etish mumkinmi? Buning ham dalilini zikr qilsangiz.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar bu korxona ribo (sudxo‘rlik) bilan shug‘ullanmasa, harom narsalarni sotmasa va shariatga zid usulda ish olib bormasa, kishi bunday kompaniyalarda ishtirok etishi joiz. Ammo agar ribo (sudxo‘rlik) bilan shug‘ullansa, unda ishtirok etish joiz emas. Chunki sudxo‘rlikning haromligi Qur’on, sunnat va ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan.

Bu haqda batafsilroq ma’lumot olish uchun «Islomiy fatvolar» kitobining 2/392-sahifasiga va 8590-raqamli savolga murojaat qiling.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar