O'qildi: 62
Avgust 30, 2025
/ 7 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Musulmonga xayrixohlik va kofirdan yuz oʻgirish
Savol
Hurmatli shayximiz, mening sizga savolim: musulmonlar kofirlar bilan bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishlari joizmi? Mening muammom shuki, men musulmonlar kam bo‘lgan mamlakatda yashayapman va musulmon bo‘lmagan do‘stlarim yaxshi odamlar, biroq ular shirk qiladilar. Agar men g‘ayridinlar bilan do‘stlashsam, ular qanday qilib haqni tanib, Islomni qabul qilishlari mumkin? Boshqa tomondan, agar ular Islomga qiziqishmasa, ular bilan munosabatimni davom ettirishim mumkinmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolo mo‘minlarni yahudiylar va boshqa kofirlar bilan yaqin do‘stlik, mehr-muhabbat, birodarlik o‘rnatishdan, ularga yordam ko‘rsatishdan va ularni o‘ziga yaqin tutishdan qaytargan, garchi ular musulmonlarga qarshi urush qilmayotgan bo‘lsalar ham. Alloh taolo aytadi:
«Allohga va Oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg‘ambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan — do‘stlashayotganlarini topmassiz» (Mujodala: 22).
Boshqa oyatda aytadi:
«Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir» (Oli Imron: 118).
Yana bir oyatda:
«Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar» (Oli Imron: 119).
Yana aytadi:
«Agar sabr-toqat qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizlarga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta, Alloh ularning qilayotgan amallaridan boxabar Zot» (Oli Imron: 120).
Qur’on va sunnatdagi boshqa oyat va hadislar ham shu ma’noni bot-bot takrorlaydi. Alloh taolo mo‘minlarga dushmanlik qilmayotgan kofirlar bilan savdo-sotiq qilish, hadya va sovg‘alar almashish kabi ruxsat etilgan manfaatlar almashuvidan qaytarmagan. U Zot aytadi:
«Alloh sizlarni dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizda qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qilguvchilarni sevar. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan — ular bilan do‘stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular bilan do‘stlashsa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalarning o‘zidir» (Mumtahana: 8-9).
Alloh muvaffaqiyat berguvchidir.
Doimiy qo‘mita fatvolari, 2-jild, 42-bet.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyidagi farqlarni e’tiborga olish lozim:
Atrofingizdagi g‘ayridinlar bilan munosabatlaringizni shu tamoyillarga asoslanib olib boring. Allohdan sizni O‘z diniga yordam berishingizga va itoatli kishilar bilan hamroh bo‘lishingizga muvaffaq qilishini so‘raymiz.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga Allohning salavoti va salomlari bo‘lsin.
Bu javob foydali bo’ldimi?