O'qildi: 78
Avgust 25, 2025
/ 2 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Tahorat
Savol
Namozga tahorat olib, namoz asnosida burunga suv tortmasdan tahorat olganimni eslab qoldim. Mening tahoratim va namozimning hukmi nima?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Tahoratda burunga suv tortish (istinshoq) vojibdir, chunki bu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning fe’li va buyruqlari bilan sobit bo‘lgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilsa, burunga suv olib qoqsin, kim istijmor (hojatda tosh bilan tozalanish) qilsa, toq qilsin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 161).
Yana u zotning: «Kim tahorat olsa, burniga suv tortsin (istinshoq qilsin)», degan so‘zlari ham bor.
Shunday ekan, kim burniga suv tortmasa, uning tahorati to‘g‘ri emas. Sizga vojib bo‘lgan ish tahoratni va namozni qaytadan ado etishdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?