Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Tirnoq oʻstirib yurish hukmi
Fatvo: 1195

O'qildi: 191

Avgust 25, 2025

/ 2 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Tirnoq oʻstirib yurish hukmi

Savol

Erkaklar va ayollar tirnoqlarini o‘stirib yurishining hukmi nima? Agar bu ish harom bo‘lsa, haromligining sababi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Tirnoqlarni qisqartirish fitrat sunnatlaridandir. Bunga dalil payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ushbu so‘zlaridir:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رِوَايَةً: «الْفِطْرَةُ خَمْسٌ، أَوْ خَمْسٌ مِنَ الْفِطْرَةِ: الْخِتَانُ، وَالِاسْتِحْدَادُ، وَنَتْفُ الْإِبْطِ، وَتَقْلِيمُ الْأَظْفَارِ، وَقَصُّ الشَّارِبِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Fitrat beshtadir [yoki besh narsa fitratdandir]: xatna qilish, (qovuqni) qirish, qo‘ltiq ostini yulish, tirnoqlarni olish va mo‘ylabni qaychilash» (Sahihi Buxoriy, 5889).

Boshqa bir hadisda fitrat sunnatlari o‘nta ekanligi va ulardan biri tirnoqlarni qisqartirish ekanligi sobit bo‘lgan.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ أَنَسٌ: «وُقِّتَ لَنَا فِي قَصِّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمِ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفِ الْإِبْطِ، وَحَلْقِ الْعَانَةِ أَنْ لَا نَتْرُكَ أَكْثَرَ مِنْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz uchun mo‘ylabni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq tuklarini yulish va qovuq tukini qirish muddatini qirq kechadan oshirmaslik belgilandi» (Sahihi Muslim, 258).

Kim tirnoqlarini qisqartirmasa, u fitrat sunnatlaridan biriga xilof ish qilgan bo‘ladi. Tirnoqlarni olib yurishning hikmati tozalikka rioya qilish va tirnoq ostida yig‘ilishi mumkin bo‘lgan kirlardan saqlanishdir. Yana bunda ayni shunday qiladigan kofirlarga o‘xshab qolmaslik va tirnoqli hayvonlardan ajralib turish ham maqsad qilingan. «Doimiy Qo‘mita fatvolari», 5/173.

Bugungi kunda ko‘pchilik ayollar tirnoqlarini uzun qilib, keyin ularni manikyur laki bilan bo‘yab, o‘zlarini yirtqich hayvonlarga o‘xshatib, gunoh qiladilar. Bu juda xunuk manzara bo‘lib, har bir aqlli, sog‘lom fitrat egasida jirkanish hissini uyg‘otadi.

Shuningdek, ba’zi odamlarda yomon odat bor: qaysidir barmog‘idagi bitta tirnoqni uzun qilib o‘stiradi. Bularning barchasi fitrat sunnatlariga qat’iy zid bo‘lgan ishlardir.

Allohdan salomatlik va ofiyat so‘raymiz. Allohning O‘zi to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiluvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayollarni xatna qilish hukmi

    Ayollarni xatna qilish sunnatmi yoki yomon odatmi? Bir jurnalda o‘qiganimda, ayollarni xatna qilish, qanday shaklda bo‘lmasin, tibbiy nuqtai nazardan zararli bo‘lib, ba’zan bepushtlikka olib kelishi mumkinligi aytilgan edi. Shu to‘g‘rimi?
  • Qo‘ltiq ostini ustara bilan qirish

    Qo‘ltiq ostidagi sochlarni ustara bilan olish mumkinmi?
  • Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

    Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?
  • Tirnoqlarni koʻmish

    Olingan tirnoqlarni tashlash harom va ularni albatta ko‘mish kerak, degan gaplar to‘g‘rimi?
  • Avratdagi tuklarini olmagan kishining namozi

    Avrat qismidagi tuklarini bir oydan beri olmagan kishining namozi qabul bo‘ladimi?
  • Xatna qilish va yangi musulmon uchun ism tanlash

    Men Daniyalik yigitman, ancha vaqtdan beri Islom diniga qiziqib kelaman. Hozir shunday bosqichga yetdimki, toʻlaqonli musulmon bo‘lishga qat’iy qaror qildim. Mening savollarim quyidagicha:1. Musulmon bo‘lish uchun xatna qilingan bo‘lishim kerakmi (buni mamnuniyat bilan qabul qilaman)? Buni shifokor yoki imom bajaradimi yoki o‘zim qila olamanmi? 2. Musulmon bo‘lganimda ismimni o‘zgartirish haqiqatan ham quvonchli voqea bo‘lishini his qilyapman. Quyidagi ismlardan qaysi biri yangi ismim sifatida eng maqbul bo‘lishini bilmoqchiman: Qosim, Osim, Taymulloh yoki Said. Xabarimga javob bersangiz, minnatdor bo‘lardim.