Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Kiyim-kechak, taqinchoqlar va rasmlar » Bezaklar » Sochni boʻyash va silliqlashtirish
Fatvo: 1194

O'qildi: 881

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Sochni boʻyash va silliqlashtirish

Savol

Ba’zi odamlarning soch rangini qora yoki qizilga o‘zgartirish uchun moddalar ishlatganini, shuningdek, jingalak sochlarni tekislash uchun boshqa vositalardan foydalanganini ko‘rganman. Bu ruxsat etilganmi va bu masalada yoshlar ham kattalar bilan bir xil hukmga egami?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sochni qoradan boshqa rangga bo‘yash yoki jingalak sochlarni tekislash uchun vositalardan foydalanishda hech qanday muammo yo‘q. Agar buning sogʻliqqa zarari bo‘lmasa va ishlatilayotgan mahsulot toza hamda halol bo‘lsa, bu hukm yoshlar va kattalar uchun bir xil. Biroq, soch rangini to‘liq qora qilib o‘zgartirishdan erkaklar ham va ayollar ham qaytarilgan.

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ قَالَ: أُتِيَ بِأَبِي قُحَافَةَ يَوْمَ فَتْحِ مَكَّةَ، وَرَأْسُهُ وَلِحْيَتُهُ كَالثَّغَامَةِ بَيَاضًا، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: غَيِّرُوا هَذَا بِشَيْءٍ، وَاجْتَنِبُوا السَّوَادَ.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abu Quhofa fath fath kuni olib kelindi. Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek (ya’ni, guli va mevasi sochning oqiga o‘xshash o‘simlikdek) oppoq edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Buni biror narsa bilan o’zgartiringlar, ammo qoradan saqlaninglar», dedilar» (Muslim, 2102).

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Tovus patlari bilan xonani bezash

    Tovus patidan foydalanishning hukmi nima va tovus patidan bezak sifatida foydalanilgan xonada namoz o‘qishning hukmi qanday?
  • Ayollar uchun ko‘rsatkich barmoq va bosh barmoqqa uzuk taqishning hukmi

    Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Erkaklarning taqinchoq taqishi hukmi

    Erkaklar zanjir, bilakuzuk yoki zirak taqishlari joizmi? Ba’zi odamlar johiliyat davrida Quraysh qabilasi shunday qilganlari uchun bu ishni joizligini aytishmoqda.
  • Spirtli atirlar harommi?

    Tarkibida odekolon yoki spirt bo‘lgan atirlarni ishlatishning hukmi qanday?
  • Tanaga tatuirovka chizish haj amallariga toʻsqinlik qiladimi?

    Tanaga tatuirovka chizishning hukmi qanday? Tatuirovkasi bor kishi haj farzini ado etmoqchi bo‘lsa, bu unga to‘sqinlik qiladimi?