Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Kiyim-kechak, taqinchoqlar va rasmlar » Bezaklar » Soch va soqolni qora rangga bo‘yash hukmi
Fatvo: 1187

O'qildi: 847

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Soch va soqolni qora rangga bo‘yash hukmi

Savol

Soqolni qora rangga bo‘yash joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Erkak kishi soqolini qora rangga bo‘yashi joiz emas, chunki bu ishdan saqlanish haqida buyruq va buni qilishdan qaytariq kelgan.

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ قَالَ: أُتِيَ بِأَبِي قُحَافَةَ يَوْمَ فَتْحِ مَكَّةَ، وَرَأْسُهُ وَلِحْيَتُهُ كَالثَّغَامَةِ بَيَاضًا، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: غَيِّرُوا هَذَا بِشَيْءٍ، وَاجْتَنِبُوا السَّوَادَ.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abu Quhofa fath fath kuni olib kelindi. Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek (ya’ni, guli va mevasi sochning oqiga o‘xshash o‘simlikdek) oppoq edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Buni biror narsa bilan o’zgartiringlar, ammo qoradan saqlaninglar», dedilar» (Muslim, 2102).

عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: يَكُونُ قَوْمٌ يَخْضِبُونَ فِي آخِرِ الزَّمَانِ بِالسَّوَادِ كَحَوَاصِلِ الْحَمَامِ، لَا يَرِيحُونَ رَائِحَةَ الْجَنَّةِ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Oxir zamonda kaptarlarning jig‘ildonlari kabi (sochlarini) qora rangga bo‘yaydigan qavm paydo bo‘ladi. Ular jannat hidini ham hidlamaydilar» (Ahmad 2470; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul-jome’» 8153).

Ammo oqargan sochni qoradan boshqa rangga o‘zgartirish mustahabdir, yuqorida aytilgan Jobirning hadisiga ko‘ra. Sochlarni qizg‘ish yoki sarg‘ish tusga kiritadigan xina va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘yash joiz. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sochlarini sariq rangga bo‘yaganlari rivoyat qilingan. Imom Muslim rivoyat qilishicha, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xina va katamdan foydalanganlar, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu esa xinadan foydalanganlar.

عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ أَحْسَنَ مَا غُيِّرَ بِهِ هَذَا الشَّيْبُ الْحِنَّاءُ، وَالْكَتَمُ».

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu sochning oqini o‘zgartiradigan eng yaxshi narsa – xina va katamdir», dedilar» (Nasoiy, 5078; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Nasoiy», 5093).

Izoh: Katam – Yamanda o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, bo‘yalganda qora rang beradi. Xina qo‘shib bo‘yaganda esa qizg‘ish-qoramtir rang hosil bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Tovus patlari bilan xonani bezash

    Tovus patidan foydalanishning hukmi nima va tovus patidan bezak sifatida foydalanilgan xonada namoz o‘qishning hukmi qanday?
  • Ayollar uchun ko‘rsatkich barmoq va bosh barmoqqa uzuk taqishning hukmi

    Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Erkaklarning taqinchoq taqishi hukmi

    Erkaklar zanjir, bilakuzuk yoki zirak taqishlari joizmi? Ba’zi odamlar johiliyat davrida Quraysh qabilasi shunday qilganlari uchun bu ishni joizligini aytishmoqda.
  • Spirtli atirlar harommi?

    Tarkibida odekolon yoki spirt bo‘lgan atirlarni ishlatishning hukmi qanday?
  • Tanaga tatuirovka chizish haj amallariga toʻsqinlik qiladimi?

    Tanaga tatuirovka chizishning hukmi qanday? Tatuirovkasi bor kishi haj farzini ado etmoqchi bo‘lsa, bu unga to‘sqinlik qiladimi?