Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1185

O'qildi: 211

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Fitna sababli soqol olish hukmi

Savol

Bir muddat oldin Islom haqida o‘rgandim, Allohga hamdlar bo‘lsin, U meni hidoyatga boshladi. Men ikki akam bilan birga soqol qo‘ydik. Bu ta’kidlangan sunnat oilamizning ba’zi a’zolariga ham yetib bordi, natijada bu yil oilamning boshqa a’zolari ham soqol qoʻyishdi. Uyda hayotimizni deyarli to‘liq islomiy qilishga erishdik. Xonadondagi barcha ayollar islomiy libosda yurib, imkon qadar Qur’on va sunnatga amal qilishadi. So‘ngra mamlakatda tartibsizliklar yuz berdi, odamlar soqollilarga qarshi chiqib, ularni ta’qib qila boshladilar va barcha soqolli erkaklar odamlarni o‘ldirishni va qon to‘kishni istaydi, deb o‘yladilar. Holbuki biz musulmonlar sifatida Rabbimiz o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirishni hech qanday holatda yoqlamaymiz. Keyin ota-onam va oila a’zolarim soqolimni olishga majburlay boshlashdi. Onam otamning mendan g‘azablanganini aytdi. Ammo men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning so‘zlariga itoatsizlik qilishdan va gunohga botishdan qo‘rqaman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo‘l-yo‘riqlariga ergashganingiz va oila a’zolaringizni ham shunga da’vat etganingiz uchun Alloh sizni mukofotlasin.

Ikkinchidan: Oʻzingizga ma’lum, soqolni o‘stirish vojib, soqol olish esa haromdir. Yaratuvchiga – Xoliqqa itoat qilish maxluqqa, yaratilgan bandaga itoat qilishdan ustun turadi, garchi u banda eng yaqin qarindosh bo‘lsa ham. Bandaga itoat qilish faqat yaxshi ishlarda bo‘ladi. Ota-onangizning g‘azabi va soqol qo‘yganingizdan xafa bo‘lishi haqida aytganlaringiz boshqalarning boshiga tushgan voqealar tufayli sizlardagi his-tuyg‘u va xavotir natijasidir.

Ammo bu hodisalar asosan fitna va janjalga aralashish tufayli sodir bo‘lgan, soqol o‘stirganligi uchun emas. Shuning uchun bu zararlar besoqol odamlarga ham ta’sir qilganini ko‘rasiz. Siz haqda sobit turishingiz va Allohga itoat qilib, U Zotni rozi qilish uchun soqolingizni olmaslikda davom etishingiz kerak, garchi bandalar g‘azablansa ham. Fitna va qoʻzgʻalon manbalaridan uzoq turing, Allohga tavakkal qiling va Undan har qanday qiyinchilikdan chiqish yo‘lini so‘rang. Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مَخْرَجًا۝٢وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ ۚ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا۝٣﴾

«Kim Allohdan qo‘rqsa, U Zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir. Albatta Alloh O‘zi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yo‘qdir). Darhaqiqat, Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygandir (ya’ni, hayotda ro‘y beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolg‘iz Alloh xohlagan — belgilagan vaqt va o‘lchovda ro‘y beradi)» (Taloq: 2-3).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مِنْ أَمْرِهِ يُسْرًا۝٤ذَٰلِكَ أَمْرُ اللَّهِ أَنْزَلَهُ إِلَيْكُمْ ۚ وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ وَيُعْظِمْ لَهُ أَجْرًا۝٥﴾

«Kim Allohdan qo‘rqsa, (Alloh) uning ishini oson qilur. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qo‘rqsa, (Alloh) uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uning ajr-mukofotini ulug‘ qilur» (Taloq: 4-5).

Sizga ota-onangizga mehribon bo‘lishingizni va ularning talablariga muloyimlik va odob bilan uzr aytishni maslahat beramiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Tovus patlari bilan xonani bezash

    Tovus patidan foydalanishning hukmi nima va tovus patidan bezak sifatida foydalanilgan xonada namoz o‘qishning hukmi qanday?
  • Ayollar uchun ko‘rsatkich barmoq va bosh barmoqqa uzuk taqishning hukmi

    Agar ayol ko‘rsatkich barmog‘iga yoki bosh barmog‘iga uzuk taqsa, bu kofirlarga o‘xshashlik hisoblanadi, deyiladi. Iltimos, bizga bu masalani tushuntirib bering.
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Erkaklarning taqinchoq taqishi hukmi

    Erkaklar zanjir, bilakuzuk yoki zirak taqishlari joizmi? Ba’zi odamlar johiliyat davrida Quraysh qabilasi shunday qilganlari uchun bu ishni joizligini aytishmoqda.
  • Spirtli atirlar harommi?

    Tarkibida odekolon yoki spirt bo‘lgan atirlarni ishlatishning hukmi qanday?
  • Tanaga tatuirovka chizish haj amallariga toʻsqinlik qiladimi?

    Tanaga tatuirovka chizishning hukmi qanday? Tatuirovkasi bor kishi haj farzini ado etmoqchi bo‘lsa, bu unga to‘sqinlik qiladimi?