Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?
Fatvo: 1181

O'qildi: 332

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

Savol

Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Avrat qismidagi tuklarni yulish yoki lazer bilan ketkazish yo qirish yoxud qisqartirish – Islom targ‘ib qilgan va rag‘batlantirgan fitrat sunnatlaridandir, lekin buni har hayzdan keyin amalga oshirish shartligi belgilanmagan. Imom Ahmad, Buxoriy, Muslim va Sunan sohiblari rivoyat qilgan hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رِوَايَةً: «الْفِطْرَةُ خَمْسٌ، أَوْ خَمْسٌ مِنَ الْفِطْرَةِ: الْخِتَانُ، وَالِاسْتِحْدَادُ، وَنَتْفُ الْإِبْطِ، وَتَقْلِيمُ الْأَظْفَارِ، وَقَصُّ الشَّارِبِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: (Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:) «Fitrat beshtadir [yoki besh narsa fitratdandir]: xatna qilish, (qovuqni) qirish, qo‘ltiq ostini yulish, tirnoqlarni olish va mo‘ylabni qaychilash» (Sahihi Buxoriy, 5889).

Boshqa hadisda esa:

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ أَنَسٌ: «وُقِّتَ لَنَا فِي قَصِّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمِ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفِ الْإِبْطِ، وَحَلْقِ الْعَانَةِ أَنْ لَا نَتْرُكَ أَكْثَرَ مِنْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz uchun mo‘ylabni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq tuklarini yulish va qovuq tukini qirish muddatini qirq kechadan oshirmaslik belgilandi» (Sahihi Muslim, 258).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Old va orqa avratdagi tuklarni olish

    Kindik ostidagi tukni olish haqida savolim bor, uning chegarasi qayergacha bo‘lishi kerakligini bilmayabman. Moyaklardagi tukni olib tashlash vojibmi? Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Ayollar-chi, ular ham tuklarini olib tashlashlari kerakmi?
  • Hayzli ayol qachon roʻza tutadi?

    Oylik odatim 7-8 kungacha davom etadi. Baʼzida yettinchi kuni qon koʻrmayman, lekin poklik alomati – oqlik ham kelmaydi. Bu holatda namoz, roʻza va er-xotinlik aloqalarining hukmi qanday?
  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?