O'qildi: 5
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Savol
Ba’zi ayollarning peshonadan yuqoridagi sochini kesishlari hamda soch tutamlarini pastga osilib turadigan qilib turmaklashining hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar bu soch turmagi kofir va dahriy ayollarga taqlid qilish maqsadida qilinsa, u holda bu haromdir. Chunki g‘ayridinlarga taqlid qilish haromdir. Bunga dalil:
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», dedilar» (Abu Dovud, 4031; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul gʻalil», 1269).
Ammo agar maqsad ularga taqlid qilish bo‘lmay, balki ayollar orasida keng tarqalgan odat bo‘lsa va bu ziynat deb hisoblansa, ayol shu bilan eri uchun bezanishi va tengdoshlari oldida o‘z mavqeini ko‘tarishi mumkin bo‘lsa, u holda bu ishga hech qanday to‘siq ko‘rmaymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?