Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Hojatdan soʻng poklanish » Har bir tahorat qilganda istinjo qilish kerakmi?
Fatvo: 1170

O'qildi: 123

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Har bir tahorat qilganda istinjo qilish kerakmi?

Savol

Inson har safar tahorat qilmoqchi bo‘lganida istinjo qilishi (avratlarini yuvishi) shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kishi har safar tahorat qilmoqchi bo‘lganda istinjo qilishi shart emas. Faqatgina bavl qilgan yoki old avratidan shunga o‘xshash narsalar chiqqan bo‘lsa oldini yuvish  va og‘ir najosat chiqqanda orqasini yuvish lozim bo‘ladi. So‘ngra namoz uchun tahorat oladi.

Shuni unutmaslik kerakki, avratlarni yuvish tahorat a’zolarini yuvish bobiga kirmaydi, balki najosatdan poklanish bobidan sanaladi. Shunga ko‘ra, kishi tahorat qilmasa ham, hojatga borganda istinjo qilishi va badanini najosatdan poklashi lozim. Agar kishi tahorat qilishdan ancha oldin hojatga borib, istinjo qilgan bo‘lsa, tahorat olish uchun alohida hojatga borishi va istinjo qilishi shart emas.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Jinsiy a’zolarda qolgan siydik tomchilari hukmi

    Siyib bo‘lganimdan so‘ng jinsiy a’zolarimda siydik tomchilari qolib ketadi. Shuning uchun siydikdan to‘liq tozalanish maqsadida hojatxonada taxminan chorak soat o‘tiraman. Bu, albatta, men uchun toliqtiruvchi va charchatuvchi jarayon. Shundan so‘ng namozga tahorat olaman. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir necha shifokorlarga murojaat qildim, tahlillar topshirdim, turli dori-darmonlarni qo‘lladim, ammo natija bermadi. Qolgan siydik tomchilaridan yaxshilab tozalanib, tahorat olib, namozga kirishaman. Namoz o‘qiyotganimda jinsiy a’zolarimda tomchilar qolgandek, tashqariga chiqmoqchi bo‘layotgandek his qilaman. Albatta, bu men uchun muammo va noqulaylik tug‘diradi, ayniqsa jamoat namozida, keyin esa siydikning qolgan tomchilarini sezib qolaman. Hojatxonada o‘tirganimda ular darhol chiqmasligi mumkin, bu esa meni namozimni qayta o‘qishga majbur qilishi yoki namozimning to‘g‘riligiga shubha tug‘dirishi mumkin. Iltimos, menga bu masalada aniq fatvo bilan maslahat bering.
  • Hojatda salfetka yoki qog‘oz bilan poklanish

    Britaniyada hammomlarda istinjo uchun salfetka va qog‘ozlarni ishlatamiz, qogʻoz bilan tozalangandan keyin suv ishlatish shartmi yoki yo‘qmi?
  • Yel chiqqanda istinjo (mustahab) qilinadimi?

    Diniy fanlar o‘qituvchisi bizga aytdiki, yel chiqqandan keyin istinjo qilish makruhdir. Bu to‘g‘rimi?