O'qildi: 90
10.02.2026
/ 22 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani qasddan buzish kafforati
Savol
Men Saudiya Arabistonida oʻn besh kishi bilan qurilishda ishlayman. Ramazon oyi kirgach, birinchi va ikkinchi kunlari roʻza tutdik. Soʻngra, oyning qolgan qismida barcha ishchilar, jumladan men ham roʻzamizni ochdik. Buning sababi, biz Misrdan kelib, ilk bor boshqacha ob-havoga duch kelgandik. Keyingi yili Ramazonda roʻza tutdim. Buning hukmi qanday boʻladi? Yana shuni taʼkidlashim lozimki, ikkinchi Ramazon kelganida men roʻza tutdim, lekin oʻtgan Ramazonda qoldirgan kunlarimning qazosini tutmadim. Iltimos, bizga maslahat bering. Alloh sizni mukofotlasin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Qilgan ishingiz haromdir va bunday qilish joiz emas. Zero, Ramazon roʻzasi Islomning besh ruknidan biridir. Alloh taolo aytgan:
«Ey moʻminlar, taqvoli kishilar boʻlishingiz uchun sizlardan ilgari oʻtganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi» (Baqara: 183).
Qiyomat kuni Alloh taolo huzurida turganingizda, U sizga sogʻliq va xotirjamlik ato etgan boʻlsa-da, Uning amrlariga boʻysunmaganingiz va oyatlariga amal qilmaganingiz uchun qanday uzr aytasiz? U Zot jalla va ʼalo aytgan:
«Ey moʻminlar, taqvoli kishilar boʻlishingiz uchun sizlardan ilgari oʻtganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi» (Baqara: 183).
U Zotning «sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi, kitobat qilindi» degan soʻzi, sizlardan avvalgilarga farz qilingani kabi, sizlarga ham taqvoli boʻlishingiz uchun roʻza farz qilinganini anglatadi. U zot taqvoni roʻzaning gʻoyasi va roʻzani taqvoga erishish vositasi qildi. Sizga roʻzangizni ochib yuborish haromdir. Siz tavba qilishingiz, istigʻfor aytishingiz va oʻtgan ishlaringizga nadomat chekishingiz lozim. Ishlayotganingiz esa uzr boʻlmaydi. Siz kechasi ham ishlashingiz mumkin. Agar bunga imkoningiz boʻlmasa, bu ishingizni tashlang, chunki bunga zarurat yoʻq. Ishni oyning oxirigacha toʻxtating yoki roʻza tutishga imkon beradigan yengilroq ish toping. Biroq, ishchi sifatida Ramazon oyida roʻzangizni ochishingiz joiz emas. Agar avvalgi Ramazonda oʻtkazib yuborgan kunlaringiz boʻlib, ikkinchi Ramazon kelgan boʻlsa, oʻsha kunlarning qazosini tutishingiz va fidya berishingiz vojib boʻladi. Har bir kun uchun bir mudd bugʻdoy yoki oʻzingiz yashab turgan davlatda taom boʻladigan boshqa don-dunlardan (un, guruch, noxot, grechka kabi taom tayyorlasa va saqlasa boʻladigan narsalardan) yarim soʻ berasiz. Shu bilan birga, bunday amallarni takrorlamasligingiz, roʻzani buzishga qayta qoʻl urmasligingiz lozim. Allohdan magʻfirat soʻrang va Alloh azza va jalla oldida turishingizni hamda U sizni hisob-kitob qilishini unutmang. Alloh bizni va sizni Oʻzi sevgan va rozi boʻladigan amallarga muvaffaq aylasin. Vallohu aʼlam.
Manba: Shayx Abdulloh ibn Humayd fatvolari, 172-bet.
Bu javob foydali bo’ldimi?