O'qildi: 127
01.02.2026
/ 13 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Qazo roʻzasi
Savol
Ramazon oyida hayz tufayli oʻtkazib yuborgan roʻzalarimning qazosini tutmadim, qancha kun oʻtkazib yuborganimni ham bilmayman. Bu holatda qanday yoʻl tutishim kerak?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh yoʻlidagi singlim, siz oʻtkazib yuborgan kunlaringiz sonini aniqlashga harakat qilishingiz va gʻolib gumoningizga binoan qazo roʻzalaringizni oʻtashingiz kerak. Bu borada Allohdan yordam va tavfiq soʻrang. Alloh taolo aytadi:
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi» (Baqara: 286).
Gʻayrat qiling, kunlar sonini aniqlashga urining va oʻzingiz uchun ehtiyot chorasini koʻring, toki zimmangizdagi qazolaringizni toʻliq ado etmaguningizcha. Shuningdek, albatta Allohga tavba qilishingiz lozim.
Tavfiq Allohdandir.
Manba: Fazilatli shayx Ibn Boz rahimahullohning fatvolaridan
Bu javob foydali bo’ldimi?