O'qildi: 4
02.03.2026
/ 13 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Uzrli kishilarning roʻzasi
Savol
Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar musulmon kishi Ramazon oyida sharʼiy uzr tufayli roʻzasini ochsa, uzr bartaraf boʻlgandan soʻng qazosini tutishi vojib boʻladi va imkon qadar tezroq buni amalga oshirishga harakat qilishi lozim. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda tutadi» (Baqara: 184).
Roʻza tutish uchun kechadan niyat qilish farzdir. Niyatning oʻrni qalbdir, yaʼni bu amalni bajarishga boʻlgan istak va uni amalga oshirishga boʻlgan qatʼiy qarordir. Shunda niyat amalga oshadi va uni ogʻzaki aytish shart boʻlmaydi. Chunki niyat faqat va faqat qalbda boʻladi. Inson bu amali bilan Allohning roziligini istashi kerak, toki amal xolis boʻlsin. Sahih hadisda keladi:
Umar ibn Xattobning minbarda turib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Amallar faqat niyatga koʻradir, har kimga niyat qilganigina boʻladi» deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 1).
Manba: Shayx Valid al-Furayyan.
Bu javob foydali bo’ldimi?