Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Jazolar va ehtiyot choralari » Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati
Fatvo: 1114

O'qildi: 409

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Nikohsiz sevishning ayanchli oqibati

Savol

Men bir musulmon yigitni qattiq sevaman va unga turmushga chiqmoqchiman. Alloh erkak va ayol o‘rtasidagi noshar’iy munosabatlarni harom qilganini bilaman. Bu munosabatimiz uchun qalbimda chuqur afsus chekyapman. Sezishimcha, biz Alloh nafratlanadigan munosabatda bo‘lganimiz uchun u menga uylanmaydi, chunki u menga nisbatan hurmatini yo‘qotgan. Bu masala haqida Qur’onda nima deyilgan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿فَانْكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلَا مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ﴾

«Bas, ulardan o‘zlarini saqlagan, fohishalik qilmagan va maxfiy o‘ynashlar tutmaganlariga xojalarining izni bilan uylanaveringlar va mahrlarini to‘kis qilib beringlar!» (Niso: 25)

Ibn Kasir rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida shunday degan: «Muhsonaat» [iffatli deb tarjima qilingan] so‘zi ular pok bo‘lishlari, zinoga (noqonuniy jinsiy aloqaga) yo‘l qo‘ymasliklari kerakligini anglatadi. Shuning uchun ular «Fohishalik qilmagan» deb ta’riflanadi. Har qanday odam bilan fahsh ish qilishdan o‘zini tiymaydigan yengiltabiat ayolga «musaafihat» deyiladi. Alloh taoloning ushbu oyati haqida Ibn Abbos: «Musaafihat» bu ochiq-oshkor zino qiluvchi fohishalardir, ya’ni fahsh ish qilishni istagan hech kimni rad etmaydigan yengiltabiat ayollardir, degan. Ibn Abbos: Oyatdagi

﴿وَلَا مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ﴾

«…maxfiy o‘ynashlar tutmaganlar» soʻzini «yashirin do‘stlar, o‘ynash tutuvchilar», deb tafsir qilgan. Ayni shu tafsir Abu Hurayra, Mujohid, Sha’biy, Zahhok, Ato Xurosoniy, Yahyo ibn Abu Kasir, Muqotil ibn Hayyon va Suddiy rohimahumullohlardan ham keltirilgan. Ular: oyatdagi «axdaan» so‘zi «do‘stlar» ma’nosini anglatadi, deyishgan. Hasan Basriy esa: «Bu o‘ziga yaqin do‘st tutish demakdir» degan. Zahhok bundan «o‘zlari tan olgan bitta oshig‘i bor ayol tushuniladi», degan. Alloh taolo buni ham harom qilgan, ya’ni modomiki ayol o‘ynash tutgan holatda boʻlsa, unga uylanish man etiladi», degan.

Alloh taolo yana aytadi:

﴿الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ ۖ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ حِلٌّ لَكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلٌّ لَهُمْ ۖ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكُمْ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ ۗ وَمَنْ يَكْفُرْ بِالْإِيمَانِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ۝٥﴾

«Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob berilgan kimsalarning taomlari sizlar uchun haloldir va sizlarning taomlaringiz ular uchun haloldir. Qachonki zino qilmay va yashirin o‘ynash tutmay mahrlarini berib uylansangiz, sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir. Kimki iymonidan qaytsa, uning qilgan amali behuda ketishi aniqdir va u Oxiratda ziyon ko‘rguvchilar toifasidandir» (Moida: 5)

Ibn Kasir rahimahulloh «Alloh taoloning:

﴿ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ ۗ

«…O‘zlarini haromdan saqlagan, zino qilmay va yashirin o‘ynash tutmagan…» iborasi haqida aytadi: B oyat ayollar uchun iffat, o‘zlarini haromdan saqlash, zinodan chetlanish shart bo‘lganidek, erkaklarga ham iffatini saqlab, zino qilmaslik shartligini bildiradi. Erkak iffatli, o‘zini zinodan saqlovchi bo‘lishi shart. Ular «musaafihiyn» bo‘lmasliklari, gunohdan saqlanishlari va huzurlariga (axloqsiz maqsadda) kelgan har qanday kishini qabul qilavermasliklari lozim. Shuningdek, Niso surasida aytilganidek, «yashirin o‘ynash tutmagan» boʻlishi, ya’ni yashirin qiz do‘sti yoki sevgilisi bo‘lmasligi lozim. Garchi ko‘p oshiqlari bo‘lsa ham, bitta oshig‘i boʻlsa ham – barchasining hukmi bir.

Shuning uchun Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi: «fohisha ayolga, agar u tavba qilmasa, uylanish ham, bunday ayolni iffatli kishiga nikohlab berish ham joiz emasligini, bunday nikoh durust boʻlmaydi» , degan xulosaga kelgan.

Shuningdek, ushbu oyat sababli axloqsiz erkak tavba qilmaguncha va buzuq xulqidan voz kechmaguncha iffatli ayolga uylana olmaydi… Bu masalani quyidagi oyatdan iqtibos keltirgandan so‘ng batafsilroq muhokama qilamiz. Alloh taolo aytadi:

﴿الزَّانِي لَا يَنْكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنْكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ۝٣﴾

«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur: 3).

Oshiq-ma’shuqalik munosabatlari va bunga asoslangan nikohning haromligini bayon qiluvchi dalillardan biri Marsad ibn Abu Marsad haqida kelgan hadisdir. U Makkadan asirlarni olib, Madinaga olib keladigan kishi edi. Makkada Anoq ismli fohisha ayol bo‘lib, u Marsadning sevgilisi edi. U Makka asirlaridan birini olib ketishga va’da bergan edi. U aytadi: «Oydin kechada Makkadagi bir devor soyasiga yetib keldim. Anoq kelib, devor yonidagi soyamni ko‘rdi. U mening oldimga kelganda, meni tanib: «Marsad?» dedi. Men: «Ha, Marsad», dedim. U: «Xush kelibsiz! Bu kecha biznikida qoling», dedi. Men: «Ey Anoq, Alloh zinoni harom qilgan…» dedim. So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, Anoqqa uylansam bo‘ladimi?» deb so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sukut saqladilar va menga hech qanday javob bermadilar, soʻng quyidagi oyat nozil bo‘ldi:

﴿الزَّانِي لَا يَنْكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنْكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ۝٣﴾

«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur: 3).

Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Marsad, zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrik ayolga uylanadi, zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak uylanadi. Shuning uchun unga uylanma», dedilar» (Sunani Termiziy, 3101; Hadis hukmi: «hasan g‘arib». Manba: «Sahihi Termiziy», 3177)

Shuningdek, Abdulloh ibn Mug‘affaldan rivoyat qilinishicha, johiliyat davrida bir fohisha ayol bo‘lgan. Bir kishi u bilan uchrashib qolib, unga qo‘lini uzatganda, ayol: «To‘xta! Alloh shirkni ketkazib, Islomni keltirdi», dedi. Shunda u ayolni tark etib, yuzini o‘girdi va unga qarab-qarab ketaverdi, hatto yuzi devorga urildi. So‘ng u Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga kelib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda u zot sollallohu alayhi va sallam: «Sen Alloh yaxshilikni iroda qilgan bandasan. Qachon Alloh taolo bir bandaga yaxshilikni iroda qilsa, qiyomat kuni unga yengil bo‘lishi uchun gunohining jazosini tezlashtiradi», dedilar. (Mustadrak, 1/349; Hadis hukmi: «Muslim shartiga ko‘ra sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 308).

Ushbu oyat va hadislar erkaklarning nomahram ayollar bilan har qanday do‘stlik yoki munosabatda bo‘lishi harom ekanligini ochiq-oydin ko‘rsatadi.

Bunday munosabatlarning yomon oqibatlari va keltirib chiqaradigan baxtsizliklari haqiqiy hayotni kuzatgan har bir kishiga ayon.

Shunga o‘xshash savol 2085-raqami bilan ham kelgan.

Allohdan bizni haromdan uzoq qilishini, G‘azabiga duchor bo‘ladigan narsalardan saqlashini, Oʻzining qahri va alamli azobidan omonda qilishini so‘raymiz.

Payg‘ambarimiz Muhammadga Allohning salavoti va salomlari bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

    Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor: 1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi? 2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Yomon o‘tmishga ega shaxsning sovchiligi

    Men Kanadada tug‘ilganman va Islom haqida ko‘proq bilishga intilayotgan sanoqli qizlardan biriman. Afsuski, har kuni uni o‘rganishga urinsam-da, dinimiz haqida hali ko‘p narsani bilmayman. Men 19 yoshdaman va bir livanlik musulmon yigit menga sovchi qo‘ydi. Unashtirilgandan keyin uning o‘tmishda boshqa qizlar bilan munosabatlari bo‘lganini va benikoh jinsiy aloqalari bo‘lganini aniqladim. Men, albatta, bu ishning dinimizda katta gunoh ekanligini tushunaman va endi bu odamga turmushga chiqish yoki chiqmaslik haqida qaror qabul qilishim kerak. Men shaxsan bunday ishlarni qilgan odamga turmushga chiqmasligim kerak deb o‘ylayman, oilam esa «kechir va o‘tkazib yubor» deyishmoqda. Bu haqda sizning fikringiz qanday? Menday qiz uchun, bunday odamga turmushga chiqish to‘g‘rimi?
  • Musulmonlarning LGBTga munosabati

    Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
  • Zinodan tugʻilgan farzand

    Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?