Mening savolim musulmon yosh yigitlardan biri haqida. U, mashaalloh, jiddiy, ixlosli, ilmli, Islom taʼlimotlariga hamda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qiladigan va toʻgʻri aqidaga ergashishga bor kuchi bilan harakat qiladigan yigit. U beva onasi bilan yolgʻiz yashaydi. Biroq onasi Islomga to‘liq amal qilmaydi va Islomga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan mashgʻul… Men u yigit va uning onasi bilan tanishman, ular bir-biriga mehribon va samimiy insonlar. Ba’zida yigit onasining uni noqulay ahvolga soladigan xatti-harakatlaridan xijolat bo‘layotganini ko‘raman, men esa unga to‘g‘ri maslahat bera olmayman.Bunday vaziyatlarga baʼzi misollar: onasi uydan qisqa muddatga chiqqanida, o‘g‘il onasining bu ishidan uyaladi, lekin biror kishi unga gap otishidan qoʻrqib, u bilan birga yuradi… Onasi gʻarbcha uslubda boshqa erkaklar bilan koʻp tanishadi, kechki ovqat ziyofatlariga koʻp boradi. Bu ziyofatlar gʻoliban spirtli ichimliksiz oʻtmaydi, onasi esa erkak tanishlari va dugonalari bilan spirtli ichimlik qoʻyilgan stollarda ular bilan birga oʻtiradi, garchi oʻzi umuman ichmasa ham. Onasining doʻstlari amal qiladigan koʻplab bid’atlar va munkar ishlar bor. Oʻgʻil doimo onasini daʼvat qilishga va unga masalalarni tushuntirishga harakat qiladi, lekin onasi uni mutaassiblikda, haddan oshishda yoki tosh asridan qolganlikda ayblaydi. Iltimos, do‘stimga maslahat bering, u mendan boshqa hech kim bilan do‘stlashmagan. U oʻzini dayusdek his qilyapti. Shu bois onasi shunday xulq-atvorda boʻlganida u bilan birga qolishi toʻgʻrimi yoki yoʻqligini bilmoqchi. U onasiga begonalardan biri tegajogʻlik qilishidan xavotirda yuradi, chunki onasi noshar’iy va qisqa kiyimlar kiyib yuradi. U menga bu narsalarni aytmagan va oila sirlarini fosh qilmagan, lekin vaziyat men va atrofidagilar uchun aniq bo‘lib qolgan. Iltimos, yordam bering, Alloh taolo sizga yaxshi mukofot bersin.
Otam keksayib, gigiyena jihatidan o‘ziga qaray olmaydigan bo‘lib qolganida, men uning mo‘ylovini qisqartirar va avrat tuklarini qirib tashlar edim, ammo beixtiyor uning avratini ko‘rib qolardim. Bu gunohkor boʻlamanmi yo yo‘qmi? Chunki otasining avratini ko‘rgan kishi ikki oy ro‘za tutishi kerak, deb eshitgan edim. Bu to‘g‘rimi?
Men musulmon yigitman va soqol o‘stirmoqchiman, ammo otam bunga qattiq qarshilik qilmoqda. Soqolimni o‘stirishim kerakmi yoki ota-onamga bo‘ysunishim lozimmi?