Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
Bomdoddan va asrdan keyin uxlashga tegishli hukm bormi?
Men Kanadada universitet talabasiman va ilgari Islom davlatlaridan birida bo‘lib, biroz shar’iy ilm o‘rganganman. Universitetimda ba’zi musulmonlar bor, ularga dars beraman. Lekin dars paytida yigitlar chap tomonimda, qizlar esa o‘ng tomonimda bo‘ladi. Bu harom qilingan aralashishga kiradimi? Dars berish uchun qanday munosib taklif bor?
Men yashaydigan hududda ko‘plab muhtoj odamlar bor. Agar ular mendan hozirda mavjud bo‘lgan mablag‘ni so‘rashsa, ularga pul beraymi? Men ularning faqat oziq-ovqat emas, balki giyohvand moddalar va ichimliklar ham sotib olishlarini bilaman. Shuni ham aytish kerakki, bu muhtojlarning ba’zilari musulmonlar. Ba’zilarning aytishicha, ular noqonuniy yoki harom narsalarni sotib olmasliklariga ishonch hosil qilmagunimcha, ularga hech narsa bermasligim kerak ekan. Boshqalar esa, men ularga pul berishni davom ettirishim va hikmat bilan da’vat qilishim kerakligini aytishadi. Javobingiz uchun Alloh sizga yaxshilik ato etsin.
Ayol islomga kirish oldidan familiyasini erining familiyasiga o‘zgartirgan. Hozir islomni qabul qilganidan so‘ng u erini tark etgan va o‘zining islomiy shaxsiyatini ta’kidlash uchun ismini islomiy ismga rasmiy ravishda o‘zgartirmoqchi. Shuningdek, u familiyasini yana bir bor o‘z oilasining familiyasiga o‘zgartirmoqchi, ammo u otasining familiyasiga emas, ona tarfadan bobosining familiyasini olmoqchi, chunki otasi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bor va aytishicha, otasi uning tarbiyasida ishtirok etmagan. Ayol onasining nikohdan oldingi familiyasini olishi mumkinmi?