Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
Mening savolim musulmon yosh yigitlardan biri haqida. U, mashaalloh, jiddiy, ixlosli, ilmli, Islom taʼlimotlariga hamda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qiladigan va toʻgʻri aqidaga ergashishga bor kuchi bilan harakat qiladigan yigit. U beva onasi bilan yolgʻiz yashaydi. Biroq onasi Islomga to‘liq amal qilmaydi va Islomga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan mashgʻul… Men u yigit va uning onasi bilan tanishman, ular bir-biriga mehribon va samimiy insonlar. Ba’zida yigit onasining uni noqulay ahvolga soladigan xatti-harakatlaridan xijolat bo‘layotganini ko‘raman, men esa unga to‘g‘ri maslahat bera olmayman.Bunday vaziyatlarga baʼzi misollar: onasi uydan qisqa muddatga chiqqanida, o‘g‘il onasining bu ishidan uyaladi, lekin biror kishi unga gap otishidan qoʻrqib, u bilan birga yuradi… Onasi gʻarbcha uslubda boshqa erkaklar bilan koʻp tanishadi, kechki ovqat ziyofatlariga koʻp boradi. Bu ziyofatlar gʻoliban spirtli ichimliksiz oʻtmaydi, onasi esa erkak tanishlari va dugonalari bilan spirtli ichimlik qoʻyilgan stollarda ular bilan birga oʻtiradi, garchi oʻzi umuman ichmasa ham. Onasining doʻstlari amal qiladigan koʻplab bid’atlar va munkar ishlar bor. Oʻgʻil doimo onasini daʼvat qilishga va unga masalalarni tushuntirishga harakat qiladi, lekin onasi uni mutaassiblikda, haddan oshishda yoki tosh asridan qolganlikda ayblaydi. Iltimos, do‘stimga maslahat bering, u mendan boshqa hech kim bilan do‘stlashmagan. U oʻzini dayusdek his qilyapti. Shu bois onasi shunday xulq-atvorda boʻlganida u bilan birga qolishi toʻgʻrimi yoki yoʻqligini bilmoqchi. U onasiga begonalardan biri tegajogʻlik qilishidan xavotirda yuradi, chunki onasi noshar’iy va qisqa kiyimlar kiyib yuradi. U menga bu narsalarni aytmagan va oila sirlarini fosh qilmagan, lekin vaziyat men va atrofidagilar uchun aniq bo‘lib qolgan. Iltimos, yordam bering, Alloh taolo sizga yaxshi mukofot bersin.
2237-raqamli «Juma kechasi jamoatda Yosin surasini o‘qish» savoliga ishora qilib, siz keltirgan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning: «Kim Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, unga bir hasana (savob) beriladi va har bir hasana o‘n barobar ko‘paytiriladi. Men «Alif, lom, mim» bir harf demayman, balki «Alif» alohida harf, «Lom» alohida harf va «Mim» alohida harfdir», degan hadisi shariflari haqida so‘ramoqchiman. Ushbu hadis Qur’onni boshqa tillarda (masalan, inglizcha yoki oʻzbekcha tarjimasida) o‘qiydigan va shu orqali o‘qiyotganini tushunishga harakat qiladigan kishilarga ham taalluqlimi?
Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
Misvok nima degani? Uni ishlatish hukmi qanday? Misvokdan foydalaniladigan vaqtlar qaysi? Misvokning xususiyatlari va uni ishlatish uslubi qanday? Misvokning ba’zi turlari limon va boshqa ta’mlarda bo‘ladi, ularning hukmi oddiy misvok hukmi bilan birmi?