Men universitetda kompyuter muhandisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabaman. Inshaalloh, kelasi yili o‘qishni tugataman. Allohga shukrlar bo‘lsinki, oilaliman va farzand kutmoqdamiz. Shukrki, diniy masalalarni o‘rganishga va salafi solihlar yo‘lida yurishga harakat qilyapman. Bu to‘g‘ri yo‘l ekanini aniq bilaman, ammo tushunishim qiyin bo‘lgan bir mavzu bor – u ham boʻlsa jihod mavzusidir. Allohning izni bilan quyidagi savollarga javob olish orqali bu mavzu men uchun yanada oydinlashadi deb umid qilaman: 1. Jihod nuqtai nazaridan mening burchim nimadan iborat? 2. Sahihi Muslimda rivoyat qilingan: «Kim g‘azot qilmasdan yoki uni ko‘ngliga tugmay o‘lib ketsa, munofiqlikdan bir shu’bada o‘libdi», hadisining ma’nosi nima? 3. Jihodga qanday tayyorlanaman? 4. Ilm olish, da’vat va jihod o‘rtasida qanday aloqa o‘rnatishim mumkin?