Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?
Agar homilada (taxminan beshinchi oyning o‘rtalarida) nuqsonlar , bolaning bosh suyagining yuqori qismida muammo borligi anisqlansa va shifokorlar abort qilishni qattiq tavsiya etsalar, bunday holatda musulmon er-xotin qanday yoʻl tutishi kerak? Chunki bunday nuqsonlar bilan tug‘ilgan bola eng uzog‘i 21 kun yashashi mumkin va bunday homiladorlikning aksariyati homiladorlikning oxirgi va eng xavfli davrida o‘z-o‘zidan tushib ketishi mumkin. Ayniqsa, ikki musulmon olimdan bu haqda so‘ralganda, har biri turlicha javoblar bergan, ya’ni biri abortni maslahat bergan, boshqasi esa homiladorlikni davom ettirishni tavsiya qilgan. Er-xotin endi iloji boricha tezroq qaror qabul qilishi kerak. Bu masalada shariat hukmi qanday?
Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?