Men odob, hayo qoidalariga ko‘ra erkaklar hojat chiqarganda egilishi yoki cho‘nqayishi kerak deb tushunaman. Lekin musulmon kishining xonasi hojatxonaga yaqin bo‘lsa, erkak kishi tunash xonasida hojat idishidan foydalanmasligi hayoliroq bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Men musulmon ayollarning odob va hayo qoidalariga rioya qilishi g‘arb ayollariga nisbatan ko‘proq va kuchliroq deb bilaman. Shuning uchun musulmon ayollarni juda hurmat qilaman. Bu savolim bilan musulmonlarni tanqid qilishni yoki ularga biror bir ozor yetkazishni istamayman, shunchaki ularning odob va xulqlarini yetarli darajada bilmayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizni har qanday yomonlikdan saqlasin va sog‘lik-salomatlik ato etsin.
Tik turgan holda tahorat olishning, suv ichishning va peshob qilishning zarari bormi?