Farzandlarni merosdan mahrum qilish, ayniqsa ota-onasiga nikoh masalalarida itoat qilmaydigan o‘g‘il (yoki qiz) haqida savolim bor. Misol uchun, bir erkak g‘ayridin ayolga uylansa. Ma’lumki, musulmon erkak yahudiy yoki nasroniy ayolga uylanishi joiz. Ammo hozirgi zamonda G‘arb mamlakatlarida bunday dindor odamlarni topish mushkul, chunki din ulardan yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadek uzoqlashgan. Bugungi kunda katoliklar, protestantlar va shunga o‘xshash din vakillari «Ahli kitob» hisoblanadimi? Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishi qat’iyan taqiqlangani aniqmi? Biz bu holat tobora ko‘payib, musulmon qizlar orasida odatga aylanayotganini kuzatmoqdamiz.
Bir kishi namoz o‘qidi va namozdan keyin avratida maziy koʻrdi. Bu holat unda ko‘p takrorlanadi. U namozni qayta o‘qiydimi? Uning tahorati va namozi qanday bo‘ladi, unga nisbatan jamoat namozining hukmi nima, chunko undan doimiy ravishda shahvatsiz maziy chiqadi va bu holat unda siydikdan keyin ham sodir bo‘ladi. Kiyimlari masalasida qanday yoʻl tutadi?
Aytilishicha, tirik odam marhumni eslasa, masalan, farzand vafot etgan otasini har doim, har yerda va har vaqtda xotirlab, xafa bo‘lib, yig‘lab, hissiyotga berilsa – bu marhumga ta’sir qilib, unga zarar yetkazar va unga azob berar ekan. Shu sababli, marhumni g‘am-anduh, ko‘z yoshi va ruhiy iztirob bilan eslamasdan, balki faqat duo qilish, gunohlarini kechirishni so‘rash va Allohdan rahmat tilash bilan cheklanish tavsiya etiladi. Bu fikrda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri? Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Marhumlar haqida nima qilish kerak? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Tahorat asnosida qo‘lini bilakdan tirsakkacha yuvib, kaftini tahoratning avvalida yuvganligi bilan kifoyalanib, ikkinchi bor yuvmaslikning hukmi qanday? Bu holda qayta tahorat olish lozim bo‘ladimi?
Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?