O'qildi: 5
27.10.2026
/ 16 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Nikoh ahkomlari
Savol
Men Kanadada ishlayman. Bu yil o‘z vatanim Pokistonga borib, oʻsha yerda uylandim. Ma’lum sabablarga ko‘ra, Pokistondagi tashrifim paytida to‘yimiz bo‘lmadi. Nikoh aqdidan keyingi kuni «valima» (to‘y ziyofati) qildik, lekin ish zarurati bilan Kanadaga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Hozirgacha olti oydan ortiq vaqt o‘tdi, bu vaqt ichida xotinimning Kanadadagi ish joyimga kelishi uchun viza ololmadim. Bir do‘stim menga nikohim bekor bo‘lganini, chunki nikoh aqdidan keyin olti oydan ortiq vaqt davomida toʻyim yakuniga yetmaganini aytdi. Bu to‘g‘rimi? Xotinim Kanadaga kelganidan keyin nikoh aqdini yangilashim kerakmi? Iltimos, tezroq javob bering, chunki xotinim yaqin orada Kanadaga yetib keladi.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar nikoh aqdi shar’iy shartlar bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, u sahih va o‘z aslida qoladi (Nikohning shartlarini bilish uchun 813-savolda zikr etilgan «Domlasiz nikoh oʻqitsa boʻladimi?», degan masalaga murojaat qiling). Oradan olti oy o‘tishi va sizning xotiningiz bilan uchrashmaganingiz – sizning ilmsiz do‘stingiz da’vo qilganidek – nikohni ham buzmaydi, er-xotinlikni ham bekor qilmaydi. Bu holatda siz doʻstingizga Allohdan qo‘rqishini va ilmsiz fatvo bermasligini nasihat qilishingiz lozim. Buning oʻrniga u sizga xotiningiz safarda mahram bilan birga bo‘lishi vojib ekanini nasihat qilganida, bu yaxshi va to‘g‘riroq bo‘lar edi. Allohdan nikohingizda tavfiq, baraka va saodat tilaymiz. Va sollallohu ’ala nabiyyina Muhammad. Vallohu a’lam.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?