O'qildi: 24
21.04.2026
/ 4 Zulqada 1447
Fatvo mavzusi: Qarz
Savol
Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar undan qarz olgan valyutangiz hali ham qiymatga ega bo‘lsa, uni xuddi o‘sha miqdorda qaytarishingiz lozim. Agar o‘sha kishini topishga harakat qilib, topa olmasangiz, o‘sha miqdorni uning nomidan sadaqa qiling, Alloh ajrini unga yetkazadi. U bandalarini ko‘rib turuvchi va har narsaga qodirdir. Lekin agar keyinchalik uning qayerdaligini bilib qolsangiz yoki u bilan uchrashib qolsangiz, garchi uning nomidan o‘sha miqdorni sadaqa qilgan bo‘lsangiz ham, qarzni unga to‘lashingiz vojib bo‘ladi, magar u sizning ishingizni ma’qullab, talab qilish haqqidan voz kechsa (bundan mustasno).
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?