Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish
Fatvo: 2260

O'qildi: 19

15.12.2025

/ 24 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

Savol

Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman.
1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash;
2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish;
3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish;
4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Albatta, har bir ibodat Qur’on va sahih sunnatdan dalilga asoslangan bo‘lishi kerak. Shariat qoidalaridan biri shuki, Allohga faqat U buyurgan narsa bilan ibodat qilinadi, bid’atlar bilan ibodat qilinmaydi.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda (dinda, shariatda) undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, marduddir (rad qilingan, inkor qilingan)» dedilar» (Sahihi Muslim, 1718), ya’ni uning amali behuda, o‘ziga qaytariladi, Alloh uni qabul qilmaydi.

Duoni Fotiha surasi bilan tugatishga Qur’on va Sunnatdan dalil yo‘q. Shuningdek, barmoqlarga puflab, duodan keyin ular bilan ko‘zlarni silash ham sunnatda kelmagan.

Shuqayriy rahimahulloh: «Namozdan keyin duo tugagach, ikki bosh barmoqning tirnoqlarini o‘pib, ular bilan ko‘zlarni silash, shuningdek, namozdan keyin ikki qo‘l barmoqlarining uchlarini birlashtirib, odamlar to‘qigan ba’zi so‘zlarni aytgan holda ularni ko‘zlarga surtishni ham bid’at amal sifatida tilga olgan» («Sunnatlar va bid’atlar», 71).

Qur’onni o‘pish masalasida «Doimiy qo‘mita fatvosi» ularga yo‘llangan savol haqida quyidagicha javob bergan: «Kishining Qur’onni o‘pishining asli borligini bilmaymiz». Boshqa javobda: «Qur’oni Karimni o‘pishning joizligiga dalil borligini bilmaymiz, u o‘qish, tadabbur qilish, ulug‘lash va amal qilish uchun nozil qilingan» («Doimiy qo‘mita fatvosi», 4172).

Ibn Muflih aytadi: «Imom Ahmad rahimahulloh Qur’onni o‘pish yoki uni ko‘zga surtish haqida qat’iy «joiz» yoki «nojoiz» deb aytmagan — balki bu borada sukut saqlagan» (Odob ash-Shariy’a, 2/273).

Qozi «Al-Jomi’ al-Kabir»da shunday deydi: «U bu masalaga to‘xtalib, garchi unda hurmat va ulug‘lash ma’nosi bo‘lsa ham, shar’iy dalilsiz bu ishni qilish mustahab hisoblanmaydi».

Umar roziyallohu anhuning Ka’bagi hajarul asvad borasidagi so‘zlariga qarang:

أَخْبَرَنَا زَيْدُ بْنُ أَسْلَمَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: «رَأَيْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ قَبَّلَ الْحَجَرَ، وَقَالَ: لَوْلَا أَنِّي رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ قَبَّلَكَ مَا قَبَّلْتُكَ».

Zayd ibn Aslam otasidan rivoyat qiladi: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning Hajarul asvadni o‘pganini va «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men seni o‘pmas edim», deganini ko‘rdim» (Sahihi Buxoriy, 1610).

Qiroat va namoz paytida tebranishga kelsak, bu yahudiylarning amalidan bo‘lib, bu ularning ibodatlaridagi holatlardan biridir, shuning uchun musulmon kishi atayin bunday qilishi joiz emas («Qorilarning bid’atlari», Bakr Abu Zayd, 57).

Savolingizga ko‘ra, da’vatdagi hikmatdan biri shuki, ularning qilayotgan ibodatlari va holatlariga o‘zlaridan dalil talab qiling, chunki yuqorida aytilganidek, hech bir ibodat dalilsiz qabul qilinmaydi. Dalil keltirish amal qiluvchining zimmasida, inkor qiluvchining emas.

Alloh bilguvchiroq.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qo‘l ko‘tarib duo qilish hukmi

    Savolim farz namozidan keyin salom bergach qo‘l siqishish va undan so‘ng qo‘llarni ko‘tarib duo qilish to‘g‘risida. Alloh subhanahu va taolodan ilm izlashimizda bizga madad berishini so‘rayman.
  • Yarim oy va yulduz Islom ramzimi?

    Musulmonlar uchun yarim oy va yulduz ramzi nimani anglatadi? Saytingiz va kutubxonamdagi manbalarni titkilab, Usmonlilar imperiyasi bayrog‘iga havoladan boshqa hech narsa topmadim. E’tiboringiz uchun rahmat.
  • Dafn marosimida taqiqlangan amallar

    Men sizdan dafn marosimida biz qiladigan quyidagi amallarning Allohning shariatiga muvofiqligi haqida fatvo so‘ramoqchiman:– Marhumning qabri ustida «Fotiha» surasini o‘qiymiz;– Ta’ziya “Muattam”da (ya’ni, marhumning uyida yoki maxsus ajratilgan joyda) uch kun yoki undan ortiq davom etadi va biz u yerda yeb-ichamiz; – Har bir kishidan yigirma besh riyal yig‘ib, marhumning oilasiga beramiz;– Vafotdan uch kun o‘tgach qo‘y yoki shunga o‘xshash hayvon so‘yiladi;– «La ilaha illalloh» deya takbir aytib mayda toshlar teriladi va ular marhumning qabriga qo‘yiladi;– Ayollar baland ovozda yig‘lab-siqtaydilar, yuzlariga uradilar va marhumning yaxshi fazilatlarini tilga oladilar.;– Ayollar marhumga aza tutib dag‘al qora kiyim kiyib olishadi va idda davrida hech qanday ish qilmaydilar, jumladan ovqat pishirish yoki boshqa odatiy yumushlarni bajarmaydilar.
  • Shar’iy dalilsiz kunni xoslash joiz emas

    Rajab oyining o‘n uchinchi, yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma yettinchi kunlari qanday ahamiyatga ega?
  • Bid’ati hasana – yaxshi bid’at

    Men bid’at nimaligini bilmoqchiman? Ko‘pchilik turli amallarni bid’at deb atayotganini eshitaman va bu menda chalkashlik tug‘dirmoqda. Keyin, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bir hadislarida kimki yangi foydali amal joriy qilsa, savob olishi aytilmaganmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun barcha bid’atlar mazammat qilinadi?