Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2165

O'qildi: 30

Noyabr 30, 2025

/ 9 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Tahorat paytidagi zikrlar

Savol

Tahorat olayotganda nimalar qilish mustahab hisoblanadi? Tahoratdan so‘ng nima deyiladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shar’iy tahorat olishning usuli quyidagicha: Kishi idishdan qo‘liga uch marta suv quyadi, keyin o‘ng qo‘lini idishga solib, og‘zini uch marta chayqaydi va burniga suv tortib, chiqaradi. So‘ngra yuzini uch marta, qo‘llarini tirsaklari bilan qoʻshib uch marta yuvadi, boshiga va quloqlariga mas’h tortadi, oyoqlarini to‘piqlari bilan qoʻshib uch marta yuvadi. Ikki marta yoki bir marta yuvish ham kifoya qiladi. Tahoratdan so‘ng: «Ashhadu an laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rasuuluh. Allohummaj’alniy minat-tavvabiyna vaj’alniy minal-mutatohhiriyn», deb aytiladi (Doimiy qo‘mita fatvosi 5/231). Tahoratdan oldin Allohning ismini (ya’ni Bismillahni) aytish lozim, chunki hadisda:

عَنْرَبَاحِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي سُفْيَانَ بْنِ حُوَيْطِبٍ، عَنْجَدَّتِهِ، عَنْأَبِيهَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا وُضُوءَ لِمَنْ لَمْ يَذْكُرِ اسْمَ اللهِ عَلَيْهِ».

Raboh ibn Abdurrahmon ibn Abu Sufyon ibn Huvaytibdan, u buvisidan, u esa otasidan rivoyat qiladi: U aytdi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «(Tahorat paytida) «Bismillah»ni tilga olmagan kishining tahorati yoʻqdir» (Termiziy, 25; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Termiziy», 25).

Vallohu a’lam.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar