O'qildi: 100
May 30, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Fitrat sunnatlari » Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Ibodatlar » Poklanish bobi
Savol
Argentinalik advokat islom diniga kirmoqchi bo‘lgan kofir erkak va ayollarni xatna qilinishi hukmi qanday bo‘ladi, deb so‘rayapti.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Avvalo, bu savol bilan murojaat qilganingiz uchun sizga rahmat. Chunki xatna qilish masalasi, islom diniga kirmoqchi boʻlganlar uchun ayrim holatlarda toʻsiq boʻlib qolayotgani bor gap.
Holbuki, bu masala koʻpchilik oʻylaganidan koʻra ancha yengildir. Xatna – islom shiorlari-belgilaridan boʻlib, fitratga ham muvofiqdir, shuningdek, Ibrohim alayhissalom millati alomati hamdir. Alloh taolo marhamat qiladi:
«So‘ngra (Biz, ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga haq yo‘ldan toyilmagan Ibrohimning diniga ergashing, u mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik» (Nahl surasi, 123-oyat).
Sahih hadisda kelganidek:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim alayhissalom sakson yoshlarida qaddum bilan xatna qilindilar», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3356).
Shunga koʻra, aslida xatna qilish, qodir boʻlgan musulmon erkak uchun vojibdir. Ammo, xatna qildirish sababli hayotiga xatar yetishidan qoʻrqsa yoki qon ketib, kishining oʻlimiga olib borishi mumkinligini ishonchli shifokor tasdiqlasa, u holda xatna qilish bunday insondan soqit boʻladi va xatna qilmagani uchun u gunohkor boʻlmaydi.
Nima boʻlgan taqdirda ham, xatna qilish masalasi insonning dinga kirishiga toʻsiq boʻlmasligi lozim. Chunki islomga kirish, aslida, xatnaga bogʻliq emas. Kishi xatna qilinmagan holda ham islomni qabul qilishi mumkin.
Ayollarning xatna qilinishi masalasiga kelsak, bu savolga javobni (427) raqamli savolda topasiz.
Alloh sizga barcha yaxshiliklarga tavfiq bersin, har qanday yomonlikdan saqlasin. Payg‘ambarimiz Muhammadga salot-u salomlar bo‘lsin.
Allohdan sizga har bir yaxshilikda muvaffaqiyat berishini va har qanday yomonlikdan asrashini so‘rayman. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.
Bu javob foydali bo’ldimi?