O'qildi: 43
Noyabr 22, 2025
/ 1 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Zino va bachchabozlik
Savol
Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman.
1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi?
2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir?
3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi?
4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ushbu jirkanch ishning Malayziyadagi holati haqida bizning tajribamiz yo‘q, biroq u yerdagi musulmonlar bu axloqsiz xatti-harakatdan toʻliq nafratlanishlari lozim. Chunki ular amal qiladigan Islom dini bu ishni qat’iyan man etgan va uning uchun ham bu dunyoda, ham oxiratda og‘ir va azobli jazolarni belgilab qoʻygan. Shunday ekan, bu ish ular orasida qanday sodir bo‘lishi mumkin?!
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni Lut qavmining amalini qilayotganini topsangizlar, bas, o‘sha ishni qilganni ham, qildirganni ham o‘ldiringlar», dedilar» (Termiziy, 1456; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6589).
Shuningdek, Imom Molik, Imom Shofe’iy, Imom Ahmad hamda Is’hoq ibn Rohavayh kabi olimlar, gomoseksual bo‘lsa ham, qilmagan bo‘lsa ham, unga toshbo‘ron qilish jazosi belgilanishini aytganlar.
Allohning yaratgan tabiatiga zid ish tutib, erkaklarning erkaklar bilan, ayollarning ayollar bilan qanoatlanishiga olib keladigan, oilalarning buzilishiga sabab bo‘ladigan, nasl qoldirishga ta’sir ko‘rsatadigan, jamiyatda axloqiy buzuqliklarni tarqatadigan, halokatli kasalliklarni keltirib chiqaradigan, begunoh insonlarga zarar yetkazadigan, bolalarni xo‘rlash va kasallik yuqtirish orqali ziyon yetkazadigan hamda yer yuzida umumiy buzg‘unchilikni yoyadigan amal, shubhasiz, ildizi quritilishi kerak bo‘lgan ofatdir.
Ehtimol, ey tadqiqotchi, siz olib borayotgan ish sizni bu dinning mohiyatini, uning qonunlarining ulug‘vorligini, hukmlarining aniqligini va uni nozil qilgan Zotning hikmatini chuqurroq anglashga yetaklar. Sizga muvaffaqiyat va yutuqlar tilayman. Alloh to‘g‘ri yo‘lga boshlovchidir.
Bu javob foydali bo’ldimi?