Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Meros va mol-mulkni taqsimlash » Musulmon farzandni merosdan mahrum qilish joiz emas
Fatvo: 2086

O'qildi: 55

20.11.2025

/ 29 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Musulmon farzandni merosdan mahrum qilish joiz emas

Savol

Farzandlarni merosdan mahrum qilish, ayniqsa ota-onasiga nikoh masalalarida itoat qilmaydigan o‘g‘il (yoki qiz) haqida savolim bor. Misol uchun, bir erkak g‘ayridin ayolga uylansa. Ma’lumki, musulmon erkak yahudiy yoki nasroniy ayolga uylanishi joiz. Ammo hozirgi zamonda G‘arb mamlakatlarida bunday dindor odamlarni topish mushkul, chunki din ulardan yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofadek uzoqlashgan. Bugungi kunda katoliklar, protestantlar va shunga o‘xshash din vakillari «Ahli kitob» hisoblanadimi? Musulmon ayolning g‘ayridin erkakka turmushga chiqishi qat’iyan taqiqlangani aniqmi? Biz bu holat tobora ko‘payib, musulmon qizlar orasida odatga aylanayotganini kuzatmoqdamiz.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytganidek, musulmon erkakka iffatli va o‘z nomusini saqlab qolgan yahudiy yoki nasroniy dindagi ahli kitob ayolga uylanish ruxsat etilgan:

﴿وَالْمُحْصَنَاتُ وَٱلۡمُحۡصَنَـٰتُ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنَـٰتِ وَٱلۡمُحۡصَنَـٰتُ مِنَ ٱلَّذِینَ أُوتُوا۟ ٱلۡكِتَـٰبَ مِن قَبۡلِكُمۡ إِذَاۤ ءَاتَیۡتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحۡصِنِینَ غَیۡرَ مُسَـٰفِحِینَ وَلَا مُتَّخِذِیۤ أَخۡدَانࣲ﴾

«Qachonki zino qilmay va yashirin o‘ynash tutmay mahrlarini berib uylansangiz, sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir» (Moida: 5).

Ammo bu ish, ayniqsa musulmon kofirlar yurtida ularning qonun va qoidalari ostida yashayotgan bo‘lsa, tavsiya etilmaydi. Chunki bunda ko‘p fitna va dinidan uzoqlashish xavfi bor.

Musulmon ayol esa hech qanday holatda kofir erkakka – xoh ahli kitob bo‘lsin, xoh boshqa – turmushga chiqishi joiz emas. Alloh taolo aytadi:

﴿لَا هُنَّ حِلٌّ لَهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ﴾

«U mo‘minalar (kofirlar) uchun ham halol emas va u (kofir)lar (mo‘mina)lar uchun halol emasdir» (Mumtahana: 10).

Zamonaviy nasroniylar – katoliklar, protestantlar va ularga o‘xshashlar – oʻzlarini Iso alayhissalomga nisbat berishadi, u zotni ulug’lashadi va unga ergashishlarini da’vo qilishadi. Shuning uchun ular ahli kitob hisoblanadi va ularga Qur’on va Sunnatda kelgan ahli kitob hukmlari tatbiq etiladi, garchi biz ularning kufr va zalolatini inkor qilsak ham.

Agar musulmon o‘g‘il kitobiya ayolga uylansa, ota-onasi uni merosdan mahrum qila olmaydi. Modomiki u musulmon bo‘lib, Islom doirasidan chiqmagan, kufrga olib boruvchi ish qilmagan bo‘lsa, merosdan mahrum qilish halol emas.

Kim musulmon merosxo‘rini merosdan mahrum qilsa, u Allohning chegaralaridan o‘tgan, o‘ziga zulm qilgan va katta gunohlardan birini qilgan bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Yerni masjid uchun vaqf qilib, keyin qaytib olish

    Badavlat bir kishi masjid qurish uchun o‘z yerini vaqf qilishni va’da bergan edi. Keyinchalik boshqa odamlar kelib, bu joyni maktabga aylantirishni iltimos qilishdi. U qanday yo‘l tutishi kerak?
  • Meros masalasi

    Kimdir menga ushbu holatda meros boʻyicha shariat hukmini aytib bera oladimi: Mening otam vafot etdi, undan toʻrt oʻgʻil, uch qiz va onam merosxoʻr boʻlib qoldi.