Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Uxlash odoblari » Bomdoddan va asrdan keyin uxlash hukmi
Fatvo: 2063

O'qildi: 80

Noyabr 18, 2025

/ 27 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Bomdoddan va asrdan keyin uxlash hukmi

Savol

Bomdoddan va asrdan keyin uxlashga tegishli hukm bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Insonning bomdod namozidan keyin uxlashi haqida uni man qiladigan hech qanday dalil yo‘q, shuning uchun u aslida (ya’ni mubohligicha) qoladi. Lekin Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning va sahobalarning odatlaridan biri shuki, ular bomdod namozini o‘qigach, quyosh chiqquncha namoz o‘qigan joylarida o‘tirar edilar.

عَنْ سِمَاكِ بْنِ حَرْبٍ قَالَ: «قُلْتُ لِجَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ : أَكُنْتَ تُجَالِسُ رَسُولَ اللهِ ﷺ؟ قَالَ: نَعَمْ، كَثِيرًا كَانَ لَا يَقُومُ مِنْ مُصَلَّاهُ الَّذِي يُصَلِّي فِيهِ الصُّبْحَ أَوِ الْغَدَاةَ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ، فَإِذَا طَلَعَتِ الشَّمْسُ قَامَ. وَكَانُوا يَتَحَدَّثُونَ فَيَأْخُذُونَ فِي أَمْرِ الْجَاهِلِيَّةِ فَيَضْحَكُونَ وَيَتَبَسَّمُ».

Simok ibn Harbdan rivoyat qilinadi: «Jobir ibn Samuraga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirarmidingiz?» dedim. U: «Ha. U zot ko‘pincha subh [yoki ertalabki] namozni o‘qigan joylaridan to quyosh chiqquncha turmasdilar. Quyosh chiqqach, turardilar. (Odamlar) johiliyat ishlari haqida gapirib, kulishar, u zot esa tabassum qilib qo‘yar edilar» (Sahihi Muslim, 670).

Shuningdek, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ummatining ertalabki vaqtlariga baraka berishini Rabbisidan so‘ragan.

عَنْ صَخْرٍ الْغَامِدِيِّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «اللَّهُمَّ بَارِكْ لِأُمَّتِي فِي بُكُورِهَا». وَكَانَ إِذَا بَعَثَ سَرِيَّةً أَوْ جَيْشًا بَعَثَهُمْ مِنْ أَوَّلِ النَّهَارِ «وَكَانَ صَخْرٌ رَجُلًا تَاجِرًا، وَكَانَ يَبْعَثُ تِجَارَتَهُ مِنْ أَوَّلِ النَّهَارِ فَأَثْرَى وَكَثُرَ مَالُهُ»

Soxr G‘omidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, ummatimning tonggini barakali qilgin», deganlar. U zot sariyya yoki lashkar yuboradigan bo‘lsalar, erta tongda yuborar edilar. Men tijoratchi edim, qachon tijorat molini yuboradigan bo‘lsam, erta tongda yuborar edim. Boy bo‘lib, molim ko‘payib ketdi» (Abu Dovud, 2606; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2606).

Shu sababli ba’zi salaflar fajrdan keyin uxlashni makruh deganlar. Ibn Abu Shayba «Musannaf»da (25442-tartib raqami ostida) sahih sanad bilan Urva ibn Zubayrdan rivoyat qiladi: «Zubayr o‘g‘illarini ertalab uxlashdan qaytarar edi». Urva aytadi: «Men biror kishini tongda uxlashi haqida eshitsam, unga bo‘lgan qiziqishim yo‘qoladi».

Xulosa shuki, insonning bu vaqtni dunyo va oxiratda foyda keltiradigan ishlarga sarf qilishi afzaldir. Agar u bu vaqtda o‘z ishiga kuch to‘plash uchun uxlasa, zarari yo‘q, ayniqsa kunning boshqa vaqtida uxlash imkoni bo‘lmasa. Ibn Abi Shayba «Musannaf»da (5/223, raqam 25454) Abu Yazid al-Madiniy hadisidan rivoyat qiladi: «Umar Suhaybning oldiga ertalab kirganida, uni uxlayotganini ko‘rdi. U Suhayb uyg‘onguncha o‘tirdi. Suhayb: «Mo‘minlar amiri o‘tirgan, Suhayb esa ertalab uxlab yotibdi!» dedi. Shunda Umar unga: «Senga foyda beradigan uyquni tark qilishingni xohlamayman», dedi».

Asrdan keyin uxlashga kelsak, u ham joiz va mubohdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan bu vaqtda uxlashdan qaytariq haqida sahih dalil yo‘q. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga nisbat berilgan: «Kim asrdan keyin uxlasa va aqli o‘g‘irlansa, faqat o‘zini malomat qilsin», degan hadis botil bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan sobit emas («Silsilatud-da’ifa», raqam: 39ga qarang).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Qorin bilan uxlashdan qaytarish sababi

    Nima uchun qorin bilan uxlash man etilgan? Bu taqiq erkaklar va ayollar uchun birdek amal qiladimi?