Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Taqdirga iymon keltirish » Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?
Fatvo: 1804

O'qildi: 44

Oktabr 21, 2025

/ 29 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

Savol

Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Biz avvalo, shuni tushunib olishimiz kerakki, Alloh taolo barcha narsani taqdir qilganiga bo‘lgan e’tiqodimiz bilan U Zot bizga erkin iroda va ixtiyor berganiga bo‘lgan ishonchimiz o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q. Alloh taolo O‘z bandalarining erkin irodasini tasdiqlab aytadi:

﴿لِمَنْ شَاءَ مِنْكُمْ أَنْ يَسْتَقِيمَ ۝٢٨﴾

«Sizlarning orangizdagi To‘g‘ri Yo‘lda bo‘lmoqni xohlagan kishilar uchun (bir eslatmadir)» (Takvir: 28).

Bizning iroda va ixtiyorimiz Alloh taoloning irodasi doirasida bo‘lib, undan tashqariga chiqmaydi. Alloh taolo aytganidek:

﴿وَمَا تَشَاءُونَ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ﴾

«(Ey insonlar), sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtdagina (U zot tomonga yo‘l tutishni) xohlarsizlar (ya’ni, biron ish Allohning xohish-irodasisiz bo‘lmas)» (Inson: 30).

Shuning uchun bu ikkisini bir-biriga qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas. Bandaning irodasini ham, Allohning qadarini ham inkor qilish joiz emas, chunki Alloh taolo bularning ikkalasini ham: bandaning tanlash qobiliyati va erkin irodasini hamda hech narsa qochib qutula olmaydigan Alloh taoloning O‘z irodasini tasdiqlagan.

Agar buni savolda keltirilgan masalaga tatbiq etsak, inson erkin irodaga ega va shu orqali o‘zi xohlagan ayolni tanlashi mumkin, deb hisoblaymiz. Banda qanday tanlov qilmasin, bu Allohning huzurida yozilgan. Bandaning xohish-irodasi, tanlovi va ixtiyori – uning maqsadiga erishish va ko‘zlagan niyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir.

Inson bilan uning maqsad va istaklari o‘rtasida to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shunda banda Alloh subhanahu va taolo faqat O‘zigagina ma’lum bo‘lgan hikmat tufayli istagan narsasini unga taqdir qilmaganini anglab yetadi. Allohning barcha ishlari ezgulik, yaxshilikdir. Banda g‘aybni ham, ishlarning oqibatlarini bilmaydi. U biror narsani yo‘qotganidan afsuslanishi mumkin, ammo aslida yaxshilik uning yo‘qolishida bo‘ladi. U biror hodisa sodir bo‘lishini yoqtirmasligi mumkin, biroq aslida yaxshilik oʻsha narsaning yuz berishida bo‘ladi. Alloh subhanahu va taolo aytganidek:

﴿وَعَسَىٰ أَنْ تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ﴾

«(Zotan) sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz» (Baqara: 216).

Payg‘ambarimizga Allohning salavoti va salomlari bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zararli jonzotlarning yaratilish hikmati

    Agar biz ilon, chayon, sichqon va shunga o‘xshash hayvonlarni iste’mol qilmasak, Alloh ularni yaratishining hikmati nimada?
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Kelgan odamlarga shaxsiy va maxfiy narsalar haqida xabar beruvchi shaxs

    Qalloblardan biri g‘aybni bilishini da’vo qiladi. U buni jin urgan kishilarga qiroat qilish orqali amalga oshiradi. U ularga o‘zi yozgan qog‘ozlarni yoqishni buyuradi va uni taqish uchun tumor qilib beradi. Agar davolanishga kelgan odam aroqxo‘r bo‘lsa, unga kecha aroq ichganini va qolgan aroq falon joyda ekanligini aytadi, shuningdek aroq ichishni to‘xtatmaguncha jin urishidan davolamayman, deb aytadi. Shunda o‘sha shaxs buni tan oladi. Bizga bu masala haqida fatvo bering. U bilan ovqatlanishimiz, salomlashishimiz va unga iqtido qilib namoz o‘qishimiz joizmi, chunki u ba’zan odamlarga imomlik qiladi? Biz unga nasihat qildik, lekin u nasihatimizni qabul qilmadi va to‘g‘ri yo‘lda ekanini aytdi. Iltimos, bizga fatvo bering, Alloh sizni mukofotlasin.
  • Allohga muhabbat qachon azobdan qutqaradi?

    Allohga muhabbatli kishilar do‘zaxga kiradilarmi? Yahudiy va nasroniylar kabi Allohni yaxshi koʻradigan ko‘plab kofirlar bor, shuningdek, Allohni yaxshi koʻrib, Rabbimni yomon ko‘rmayman deydigan fosiq musulmonlar ham mavjud. Bu masalaga oydinlik kiritib bera olasizmi?
  • Muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy deyish hukmi

    Men o‘zlarini salafiy deb atovchi ba’zi olimlarning ma’ruzasini tingladim. Ular shunday deyishdi: «Mening onam kofira va u do‘zaxga kiradi. Men buni aniq bilaman». Ular insonning do‘zaxga kirishini qat’iy aytish mumkinligini ta’kidlashdi. Bu to‘g‘rimi? Biz insonning dini tufayli do‘zaxga kirishini ayta olamizmi?
  • Muhabbatning turlari va hukmlari

    Biz musulmonlar jamoasi bir suhbatda Islomdagi «muhabbat» tushunchasini aniqlashga harakat qildik. Garchi barchamiz Alloh subhanahu va taoloni sevish zarurligini va Uni, U Zotning paygʻambarlari, elchilarini sevish majburiyatimizni toʻliq anglasak-da, insonlar oʻrtasidagi muhabbatning aniq taʼrifi bormi (masalan, nasroniylarning «birodarlik muhabbati»ga oʻxshash, romantik maʼnoda emas) degan savol tugʻildi. Baʼzilar «muhabbat» faqat oila doirasida boʻladi, qolgan barchasi faqat hurmat, doʻstlik va shu kabilardir, deyishdi. Boshqalar esa muhabbat faqat er-xotin va farzandlar bilan cheklanganmi deb soʻrashdi. Yana boshqalar esa muhabbat shartli boʻlishi mumkinmi yoki yoʻqmi deb soʻrashdi. Bir fikrga koʻra, «muhabbat» (odatda ishlatiladigan maʼnoda) hatto ertaklar va nasroniy falsafasiga asoslangan bir turdagi «bidʼat» boʻlishi mumkin. Koʻpchiligimiz javob topish uchun turli manbalarni izlab koʻrdik, lekin hozirgacha aniq javob topa olmadik. Bizga yordam bera olasizmi?