Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Dafn marosimida taqiqlangan amallar
Fatvo: 1333

O'qildi: 48

Sentabr 10, 2025

/ 18 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Dafn marosimida taqiqlangan amallar

Savol

Men sizdan dafn marosimida biz qiladigan quyidagi amallarning Allohning shariatiga muvofiqligi haqida fatvo so‘ramoqchiman:

– Marhumning qabri ustida «Fotiha» surasini o‘qiymiz;

– Ta’ziya “Muattam”da (ya’ni, marhumning uyida yoki maxsus ajratilgan joyda) uch kun yoki undan ortiq davom etadi va biz u yerda yeb-ichamiz;

– Har bir kishidan yigirma besh riyal yig‘ib, marhumning oilasiga beramiz;

– Vafotdan uch kun o‘tgach qo‘y yoki shunga o‘xshash hayvon so‘yiladi;

– «La ilaha illalloh» deya takbir aytib mayda toshlar teriladi va ular marhumning qabriga qo‘yiladi;

– Ayollar baland ovozda yig‘lab-siqtaydilar, yuzlariga uradilar va marhumning yaxshi fazilatlarini tilga oladilar.;

– Ayollar marhumga aza tutib dag‘al qora kiyim kiyib olishadi va idda davrida hech qanday ish qilmaydilar, jumladan ovqat pishirish yoki boshqa odatiy yumushlarni bajarmaydilar.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bular johilona urf-odatlar va yomon bid’atlar bo‘lib, siz ularni tark etishingiz va bu ishning nomaqbul ekanini ularga tushuntirishingiz lozim.

  1. Qabr ustida qiroat qilish (Qur’on o‘qish) joiz emas. salaflardan hech kim bunday qilmagan. Agar yaxshi amal bo‘lganida, ular bizdan oldin qilgan bo‘lardi. Biroq ruhi chiqishidan oldin o‘lim to‘shagidagi kishiga «Yosin» surasi o‘qilishi haqida rivoyat kelgan. Ammo vafotidan keyin, dafn paytida yoki dafndan keyin qabr ustida qiroat qilish yoki talqin qilish (marhumni biror narsa aytishga undash) shariatda kelmagan.
  2. Ta’ziya bildirish sunnatdir, lekin buni maxsus ta’ziya marosimida qilish shart emas. Aksincha, marhumning oilasiga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, tasalli berish lozim. Ta’ziya bildiruvchilar ularni ziyorat qilish qulay bo‘lishi uchun bir joyga to‘planishning zarari yo‘q. Ammo, ovqatlanish uchun to‘planmaslik kerak, balki mayyitning oilasi o‘z ehtiyojlariga yarasha o‘zlari uchun taom tayyorlasin. Boshqalarga taom taklif qilishlari makruhdir.
  3. Agar mayyit ahli kambag‘al va zakotga muhtoj bo‘lmasalar, odamlardan pul yigʻishga hojat yo‘q.
  4. Bunday qurbonlik qilish joiz emas, xoh u mayyitning molidan bo‘lsin, xoh boshqasidan. Ammo mayyitning oilasi uchun taom tayyorlansa, garchi bir yoki bir necha hayvon so‘yishsa ham zarari yo‘q.
  5. Bu toshlarni yig‘ish, ularni yig‘ishda Allohni zikr qilish va qabr ustiga qo‘yish munkar bid’at bo‘lib, uni tark etish va inkor qilish vojibdir.
  6. Faryod-u fig‘on qilib ovozni ko‘tarish, yuzga urish va marhumning fazilatlarini sanash bid’at va johiliyat ishlaridandir. Hadisda kelganidek:
    عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ : «لَيْسَ مِنَّا مَنْ لَطَمَ الْخُدُودَ، وَشَقَّ الْجُيُوبَ، وَدَعَا بِدَعْوَى الْجَاهِلِيَّةِ».

    Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yuzlariga urgan, yoqalarini yirtgan, johiliyat so‘zlari bilan aytib yig‘lagan bizdan emas», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1294).

  7. Marhumga aza tutib qora kiyim kiyish bid’atdir. Faqat marhumning xotinlari idda paytida e’tiborni tortadigan kiyimlar, zeb-ziynat, taqinchoqlar, yasan-tusan va atir-upalardan saqlanishlari lozim.
  8. Iddadagi ayolning odatiy ishlari va yumushlaridan to‘xtatish bid’atdir. Iddadagi ayol ovqat tayyorlashi, uy supurishi, idish-tovoq va kiyim-kechak yuvishi mumkin, bu bilan u gunohkor boʻlib qolmaydi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Shar’iy dalilsiz kunni xoslash joiz emas

    Rajab oyining o‘n uchinchi, yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma yettinchi kunlari qanday ahamiyatga ega?
  • Bid’ati hasana – yaxshi bid’at

    Men bid’at nimaligini bilmoqchiman? Ko‘pchilik turli amallarni bid’at deb atayotganini eshitaman va bu menda chalkashlik tug‘dirmoqda. Keyin, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bir hadislarida kimki yangi foydali amal joriy qilsa, savob olishi aytilmaganmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun barcha bid’atlar mazammat qilinadi?
  • Qur‘on o‘qib ortidan duo qilishning bid’at koʻrinishi

    Qur’on oyatlarini ma’lum bir maqsad uchun o’qish joizmi? Masalan, Allohning ismlaridan birini 99 marta takrorlab, so‘ng duo qilib, Allohdan o‘sha tilagimni so‘rasam bo‘ladimi? Bu Allohga tavassul qilish qabilidan bo’lib, unga shirk aralashib qolmaydimi?
  • Islomda «Bidʼati hasana» bormi?

    Ashʼariylar va soʻfiylarning bidʼati hasana (yaxshi bidʼat) haqidagi bir qancha maqolalarini oʻqib chiqdim. Ular bunga dalil sifatida sahoba rukudan boshini koʻtarib, «Robbana va laka-l-hamd, hamdan kasiron, toyyiban, mubarokan fih» deganini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buni maʼqullaganini keltiradilar. Shuningdek, ular Ibn Hajar bu fikrni qoʻllab-quvvatlaganini va Ibn Taymiyani «boshqalarni zalolatga yetaklovchi kishi» deb taʼriflaganini aytishadi. Bu masalaga qanday izoh berasiz?