Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?
Fatvo: 1181

O'qildi: 133

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

Savol

Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Avrat qismidagi tuklarni yulish yoki lazer bilan ketkazish yo qirish yoxud qisqartirish – Islom targ‘ib qilgan va rag‘batlantirgan fitrat sunnatlaridandir, lekin buni har hayzdan keyin amalga oshirish shartligi belgilanmagan. Imom Ahmad, Buxoriy, Muslim va Sunan sohiblari rivoyat qilgan hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رِوَايَةً: «الْفِطْرَةُ خَمْسٌ، أَوْ خَمْسٌ مِنَ الْفِطْرَةِ: الْخِتَانُ، وَالِاسْتِحْدَادُ، وَنَتْفُ الْإِبْطِ، وَتَقْلِيمُ الْأَظْفَارِ، وَقَصُّ الشَّارِبِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: (Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:) «Fitrat beshtadir [yoki besh narsa fitratdandir]: xatna qilish, (qovuqni) qirish, qo‘ltiq ostini yulish, tirnoqlarni olish va mo‘ylabni qaychilash» (Sahihi Buxoriy, 5889).

Boshqa hadisda esa:

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ أَنَسٌ: «وُقِّتَ لَنَا فِي قَصِّ الشَّارِبِ، وَتَقْلِيمِ الْأَظْفَارِ، وَنَتْفِ الْإِبْطِ، وَحَلْقِ الْعَانَةِ أَنْ لَا نَتْرُكَ أَكْثَرَ مِنْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz uchun mo‘ylabni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq tuklarini yulish va qovuq tukini qirish muddatini qirq kechadan oshirmaslik belgilandi» (Sahihi Muslim, 258).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Xatna qilinmagan erkakning imom boʻlishi

    Agar erkak yoki ayol o‘ttiz yoshda yoki undan katta yoki kichik yoshda Islomni qabul qilsa, ular xatna qilishlari shartmi va xatna qilinmagan erkak namozda imomlik qilishi joizmi?
  • Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?

    Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?
  • Nifosli ayol koʻchaga chiqishi joizmi?

    Bizning diyorda ayollar tug‘ruqdan so‘ng 40 kun uyda qolish odati bor. Bu odat haqida ko‘p odamlardan so‘radim. Ammo ularning aksariyati bu sunnatdanmi yoki yo‘qmi bilishmaydi. Agar sunnatdan bo‘lsa, shu odatga amal qilmoqchiman (hozir homiladorligimning to‘qqizinchi oyidaman va bu to‘rtinchi homiladorligim). Biroq, ba’zilar menga bu urfning bid’at ekanligini va undan saqlanish ma’qulligini aytishdi. Shu sababli, Allohning izni bilan, bu mavzuni menga tushuntirib berishingizni so‘rayman. Men bu mavzuni olti yildan beri o‘rganmoqdaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Tirnoq oʻstirib yurish hukmi

    Erkaklar va ayollar tirnoqlarini o‘stirib yurishining hukmi nima? Agar bu ish harom bo‘lsa, haromligining sababi nima?