O'qildi: 36
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Oxiratga iymon keltirish
Savol
Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
«Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib, deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli-oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda Oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rgizdi va bizlarni samumdan (ya’ni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi. Darhaqiqat, bizlar ilgari (hayoti-dunyoda) U Zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O‘zigina marhamatli, mehribondir» (Tur: 25-28).
«Bas, ular (ya’ni, ahli jannat) bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar. (Shunday suhbatlarning birida) ulardan biri dedi: «Mening bir do‘stim bor edi. U (menga) «Rostdan ham sen (o‘lganimizdan so‘ng yana qayta tirilishimizni) tasdiq etguvchilardanmisan? Bizlar o‘lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (qayta tiriltirilib) jazolanguchimizmi?», der edi» (Soffat: 50-53).
«Va ular (jannatga kirgan chog‘larida): «Bizdan g‘am-qayg‘uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin. Albatta, Rabbimiz o‘ta mag‘firatli va Shakur(oz amal uchun ko‘p savob beruvchi)dir», – derlar» (Fotir: 34).
«Qachon o‘sha bog‘larning biror mevasidan bahramand bo‘lsalar, «Ilgari tatib ko‘rgan narsamiz-ku», deyishadi. Zero ularga surati bir-biriga o‘xshash mevalar beriladi» (Baqara: 25), ya’ni shakli va nomi bir-biriga o‘xshasa-da, ta’mi va mazasi har xil bo‘lgan mevalar taqdim qilinadi.
«Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib, deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli-oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda Oxiratda Allohning azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rgizdi va bizlarni samumdan (ya’ni, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi. Darhaqiqat, bizlar ilgari (hayoti-dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O‘zigina marhamatli, mehribondir» (Tur: 25-28).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men do‘zaxdan chiqariladiganlarning so‘nggisini ham, jannatga kiritiladiganlarning so‘nggisini ham bilaman. O‘sha kishi do‘zaxdan sudralib chiqadi. Alloh tabaroka va taolo unga: «Bor, jannatga kir», deydi. Kelsa, u unga to‘lib qolgandek tuyuladi va qaytib borib, «Yo Rabbim, jannat to‘lib qolibdi», deydi. Alloh tabaroka va taolo unga: «Bor, jannatga kir», deydi. Kelsa, u unga yana to‘lgandek tuyuladi va qaytib borib, «Yo Rabbim, u to‘lib qolibdi» deydi. Alloh unga: «Bor, jannatga kir. Senga dunyo va uning o‘n baravari [yoki senga dunyoning o‘n baravari» deydi. U: «Sen podshohlаr Podshosi bo‘la turib, istehzo qilasanmi?» [yoki «ustimdan kulasanmi?»] deydi». O‘shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kulganlarini ko‘rdim, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi». «Ana o‘sha – jannat ahlining eng past martabadagisidir», deyishardi» (Sahihi Muslim, 186).
«U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar» (Zuxruf: 71).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam so‘zlab turgan edilar. Huzurlarida a’robiylardan biri bor edi. (U zot shunday dedilar:) «Jannat ahlidan bir kishi Rabbidan ekin ekishga izn so‘radi. U Zot: «Axir istagan narsalaring ichida emasmisan?» dedi. U: «Shunday, lekin men ekin ekishni yaxshi ko‘raman-da», dedi. Xullas, u darhol urug‘ ekkan edi, ko‘z ochib-yumguncha ular unib-o‘sib, o‘radigan bo‘lib, xirmoni tog‘lardek bo‘lib ketdi. Shunda Alloh taolo: «Ol, ey Odam bolasi! O‘zi seni hech narsa to‘ydira olmaydi!» dedi». Boyagi a’robiy: «Yo Rasulalloh, bu yo qurayshlik, yo ansoriy bo‘ladi. Chunki o‘shalar ziroatchi, biz esa ziroatchi emasmiz», dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar» (Sahihi Buxoriy, 6965).
Ibn Hajar rahimahulloh aytadilar: «Bu hadisda shunday foydalar bor: jannatda dunyo ishlaridan istalgan har bir narsa mumkindir» («Fathul Boriy»dan iqtibos tugadi).
Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mo‘min jannatda agar farzandni xohlasa homilasi ham, tug‘ilishi ham, ulg‘ayishi ham xohlaganidek o‘sha zahoti bo‘ladi», dedilar (Termiziy, 2563; ; Hadis hukmi: «hasan g‘arib». Manba: «Sahih al-Jomi’», 6649).
Alloh taolodan Oʻzining karami va rahmati bilan bizni jannat ahlidan qilishini so‘raymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.

Bu javob foydali bo’ldimi?