Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Ilm » Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish
Fatvo: 1080

O'qildi: 125

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish

Savol

Ba’zi sayohatlarda Qur’on o‘qish dasturi bo‘ladi va ular alohida halqalarga (guruhlarga) bo‘linadi. Har bir halqa(guruh)ga Qur’onni yaxshi o‘qiydigan va xatolarni to‘g‘rilaydigan bir kishi boshchilik qiladi. Bunda biror noto‘g‘ri narsa bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bunda hech qanday noto‘g‘ri narsa yo‘q, chunki Qur’on o‘qish ehtiyotkorlik bilan, muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Agar Qur’on o‘qish uchun to‘planadigan o‘quvchilarning ba’zi zaif tomonlari yoki xato va nuqsonlari bo‘lsa va ular xatolarini tuzatish uchun muntazam qatnasha oladigan va bunga loyiq bo‘lgan odamni tayinlashsa, bu yaxshi amal hisoblanadi. Chunki u boshqalarni Qur’onni to‘g‘ri va xatosiz o‘qishga yo‘naltiradi, bu esa ularning barchasiga foyda keltiradigan savobli ishdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Tumor bilan hojatxonaga kirish

    Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?
  • Ixlos surasining fazilatlari

    Men anchadan beri Islom ta’limotlariga ergashib kelyapman va hali ham o‘rganish jarayonidaman. Do‘stim menga duolar kitobini berdi. Kitobda men bilmaydigan ba’zi sura va oyatlarni o‘qish kerakligi aytilgan. Ular arabcha so‘zlardan iborat, lotin alifbosida yozilgan:1. Alhamdu surasi 2. Innaa fatahna surasi 3. Daloilul xoyrot 4. Allohu-s-Somad (Bu Allohning go‘zal ismlaridan birimi? Uni 500 marta takrorlash kerakmi yoki bu faqat duoning nomimi?) 5. Amma yatasaa’a surasi 6. «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» kalimasi 100 marta.Buning matnini va qaysi surada ekanligini aytib berishingizni so‘rayman. Chunki mendagi Qur’on ingliz tilida bo‘lib, 114 suraga bo‘lingan, 30 ta emas.
  • Qur’onining Islom shariatidagi o‘rni

    Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?
  • Ijtihod va fatvo berish darajasi

    Kishi qachon ijtihod qilish va fatvo berish huquqiga ega bo‘ladi? Ko‘plab dindor yigitlar dalillarga kirishib, sodir bo‘layotgan hodisalar va masalalarning hukmlari haqida halol va harom qilish borasida gapiradilar hamda yangi masalalarga fiqhiy hukmlar bo‘yicha o‘z fikrlarini aytadilar.
  • Sun’iy idrokdan fatvo so‘rash hukmi

    Shariat masalalari bo‘yicha sun’iy idrok ilovalariga murojaat qilishim, ulardan fatvolar olishim va ular bergan hukmlarga tayanishim joizmi?