Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Qurʼon ilmlari » Rahmon surasining 33-oyatining tafsiri
Fatvo: 1028

O'qildi: 39

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Rahmon surasining 33-oyatining tafsiri

Savol

Men arab tilini bilmaganim sababli, «Rahmon. surasining 33-oyatini tushuntirib berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizga yaxshilik bersin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ إِنِ اسْتَطَعْتُمْ أَنْ تَنْفُذُوا مِنْ أَقْطَارِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ فَانْفُذُوا ۚ لَا تَنْفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَانٍ۝٣٣﴾

«Ey jin va inson jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer chegaralaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilangina o‘ta olursizlar, (lekin u Kunda sizlarda hech qanday kuch-qudrat bo‘lmas) (Rahmon: 33).

Bu Allohning bandalarga bo‘lgan muboraza-chaqirig‘i bo‘lib, u mahshar yerida bo‘ladi, hamma maxluqotlar – jinlar va insonlar to‘planganda, osmonlar yorilib, farishtalar har bir osmondan tushib, mahshar ahlini qurshab oladilar. Alloh yig‘ilgan xaloyiqqa, agar qodir bo‘lsalar, qochib qutulishni taklif qiladi, ammo ular bunga qodir boʻlmaydilar. Qanday qilib qodir bo‘lsinlar, axir ularning hech qanday kuch-qudrati yo‘q va farishtalar ularni har tomondan qurshab, muhosara qilib olgan bo‘ladi.

Ibn Kasir rahimahulloh bu oyatni quyidagicha tafsir qilgan: «Allohning amri va qazoyi qadaridan qochib qutula olmaysizlar, chunki U sizni qurshab olgan. Sizlar uning hukmidan ham, qudratidan ham qochib qutula olmaysiz. Qayerga bormang, U sizni o‘rab turadi. Bu Qiyomat kunining holatidirki, farishtalar maxluqotlarni yetti qator bo‘lib har tomondan o‘rab oladi va hech kim «إِلَّا بِسُلْطَانٍ», ya’ni Allohning amrisiz hech qayoqqa keta olmaydi. «O‘sha kunda inson:

﴿يَقُولُ الْإِنْسَانُ يَوْمَئِذٍ أَيْنَ الْمَفَرُّ۝١٠كَلَّا لَا وَزَرَ۝١١إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ الْمُسْتَقَرُّ۝١٢﴾

«Ana o‘sha Kunda u inson «(u balo-ofatlardan) qayerga qochib-qutulish mumkin?», deb qolur! Yo‘q! (Ey inson, Allohning azobidan qochib qutuladigan) biron boshpana yo‘qdir! U Kunda yolg‘iz Parvardigoring (hukm qilgan joy)ga qaror topishgina bordir!» (Qiyoma: 10-12).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onda besh vaqt namoz zikr qilinganmi?

    Alloh taolo aytadi: ﴿فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ۝١٧وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ۝١٨﴾ «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U Zotga hamd-u sano aytingiz). Oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz). Zero, osmonlar va Yerdagi bor hamd-u sano Unikidir (ya’ni, koinotdagi barcha mavjudot Unga hamd-u sano aytur)» (Rum: 17-18). Ushbu oyatlarda faqat to‘rtta namoz eslatilgan, holbuki musulmonlar «sunnatga qo‘shimcha ravishda» besh vaqt namoz o‘qiydilar. Nega beshinchi namoz tilga olinmagan? Men haqiqiy musulmonman va Qur’onni ayblashdan mutlaqo yiroqman.
  • «Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni

    Men Islomga moyilman va 1994-yildan beri Qur’onni va shu yilning boshidan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o‘qib kelmoqdaman. Islom dini menda katta ma’naviy qoniqish hosil qildi. Men bu dinni qabul qilish niyatida ta’lim olmoqdaman. Qur’onning «Yosin» surasidagi bir oyatning ma’nosini to‘liq tushunmayapman va sizdan bu masalada yordam berishingizni soʻrayman (39-oyat): ﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ۝٣٩﴾ «Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yosin: 39). Yordamingiz uchun minnatdorman. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarning savollariga javob berib, muammolariga yechim topib berayotganingiz uchun Alloh sizni hidoyat aylasin, himoya qilsin va barakali ato etsin.
  • Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish

    Ba’zi sayohatlarda Qur’on o‘qish dasturi bo‘ladi va ular alohida halqalarga (guruhlarga) bo‘linadi. Har bir halqa(guruh)ga Qur’onni yaxshi o‘qiydigan va xatolarni to‘g‘rilaydigan bir kishi boshchilik qiladi. Bunda biror noto‘g‘ri narsa bormi?
  • Bir bemor ustida bir nechta kishi Ruqiya qilishi

    Bir bemorning ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta qori qiroat qilishi joizmi?
  • Qur’onni bu nom bilan kim atagan

    Qur’onni bu nom bilan kim atagan? Men bir jurnalda Abu Bakr roziyallohu anhu deb o‘qidim, ammo buning to‘g‘riligiga ishonmayman, chunki Alloh subhanahu va taolo Inson surasida:إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» (Inson: 23), degan.Aziz birodarim, iltimos, menga bu masala haqida aniq tushuntirish bering.
  • Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi

    Nima uchun Qur’on oyatlarida «biz» so‘zi ishlatilgan? Ko‘plab g‘ayridinlar bu Iso alayhissalomga ishora bo‘lishi mumkin, deb aytishadi.