O'qildi: 25
Iyul 5, 2025
/ 11 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Nikoh ahkomlari » Nikoh odobi » Nikoh shartlari
Savol
Musulmon kishi nasroniy diniga o‘tmay yoki ilgari nasroniy bo‘lmay turib katolik ayolga uylanishi joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Muslima ayolning kofirga turmushga chiqishi joiz emas, modomiki kofirmi, uning qaysi dinga mansub ekanining ahamiyati yoʻq. Chunki Alloh taolo:
«To iymonga kelmagunlaricha mushriklarga (qizlaringizni) nikohlab bermang!» (Baqara: 221), degan.
Musulmon erkakning nasroniy ayolga uylanishi joiz, agar ayol afifa (oʻzini haromdan saqlagan) bo‘lsa. Chunki Alloh taolo:
«Ahli kitoblardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir», degan (Moida: 5).
Xorijda yashovchi musulmonlarga, garchi bu ishga aslida ruxsat etilgan bo‘lsa-da, bunday qadam tashlashdan oldin shoshilmasdan, yaxshilab o‘ylab ko‘rishlarini maslahat beramiz. Chunki ularning farzandlari nasroniy bo‘lib ketish ehtimoli juda katta, ayniqsa qonun g‘ayridin onaning tomonida bo‘lsa. Hayotda bunga oid ko‘plab fojiali voqealar mavjud.
Allohdan barchaga hidoyat va muvaffaqiyat so‘raymiz va Alloh Payg‘ambarimiz Muhammadga salavot yo‘llasin.
Bu javob foydali bo’ldimi?