Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Qurʼon ilmlari » Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi
Fatvo: 606

O'qildi: 216

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: »

Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi

Savol

Nima uchun Qur’on oyatlarida «biz» so‘zi ishlatilgan? Ko‘plab g‘ayridinlar bu Iso alayhissalomga ishora bo‘lishi mumkin, deb aytishadi.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

«Arab tilining uslubiy xususiyatlaridan biri shuki, inson o‘zini ulug‘lash maqsadida «biz» olmoshini ishlatib gapirishi mumkin. Shuningdek, u o‘zi haqida «men» deb birinchi shaxsda yoki «u» deb uchinchi shaxsda ham gapirishi mumkin. Qur’onda bu uch uslubning barchasi qo‘llanilgan, chunki Alloh arablarga ularning ona tilida murojaat qilgan» (Doimiy qo‘mita fatvolari, 4/143).

Tarjimon izohi: Bu uslub oʻzbek tilida ham mavjud. Ya’ni, «biz» olmoshi faqatgina koʻplikni ifoda etish uchun emas, balki birlik shaxsning «men» olmoshi oʻrnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, gʻururlanish, pinhona gʻurur maʼnolarini ifodalaydi. Bunga oʻzbek adabiyotidan quyidagi misollarni keltirish mumkin:

  1. Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! (Abdulla Qahhor, Asarlar).
  2. Kim talabgor? — Mana, biz talabgor, deydi oʻziga ishora qilib.

«Alloh subhanahu va taolo O‘zi haqida ba’zan birlik shaklda, ochiq yoki olmosh tarzda, ba’zida esa ko‘plik sonda zikr qiladi, masalan,

﴿إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُبِينًا ۝١﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), darhaqiqat, Biz sizga ochiq-ravshan fath-g‘alaba ato etdik» (Fath: 1).
Biroq Alloh O‘zini hech qachon ikkilik (tasniya) olmoshida zikr qilmaydi, chunki ko‘plik shakli Allohga munosib ulug‘lash ma’nosini anglatadi. Gohida esa U Zotning ismlari ma’nolariga dalolat qilishi ham mumkin. Ikkilik olmoshi esa maʻlum bir songa ishora qiladi, Alloh esa sherikdan pokdir» (Shayxul Islomning «Aqida at-Tadmuriya» kitobi, 75-bet).

«إِنَّا – innaa» (albatta biz) hamda «نَحْنُ – nahnu» (biz) olmoshlari va boshqa ko‘plik shakllari ba’zan bir shaxs o‘z jamoasi nomidan gapirishda ishlatiladi, ba’zan esa yagona ulug‘ zot o‘zi haqida gapirishda ishlatadi. Masalan, ba’zi podshohlar farmon yoki qaror chiqarganda «biz» deydi va «biz qaror qildik» kabi iboralar ishlatadi, holbuki u yolg‘iz shaxsdir. Bu ulug‘likni ifoda qilish uchundir. Ulug‘lanishga hammadan koʻproq haqli Zot – Alloh azza va jalladir. Shuning uchun Alloh O‘z kitobida «إِنَّا – innaa» (albatta biz) hamda «نَحْنُ – nahnu» deganda, sanoqni emas, balki ulug‘lashni maqsad qilgan.

Agar bu turdagi oyatlar biror kishiga noaniq bo‘lib, unda shubha uygʻotsa, bu oyatning tafsirini bilish uchun «muhkam (ma’nosi aniq)» oyatlarga murojaat qilishi vojib bo‘ladi.
Agar qaysidir nasroniy, masalan bu oyatni:

﴿إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ﴾

«Albatta, bu eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik» (Hijr: 9) oyatini va shunga o‘xshash oyatlarni koʻpxudolilikni isbotlash uchun keltirsa, unga muhkam oyatlar bilan javob qaytaramiz, masalan:

﴿وَإِلَـٰهُكُمۡ إِلَـٰهࣱ وَٰحِدࣱۖ لَّاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحۡمَـٰنُ ٱلرَّحِیمُ ۝١٦٣﴾

«Ilohingiz yagona ilohdir. Undan o‘zga haq iloh yo‘qdir. U Rahmon va Rahimdir» (Baqara: 163),

﴿قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ ۝١﴾

«Ayting: U — Alloh Birdir (Yagonadir)» (Ixlos: 1) kabi faqat bir ma’noga ega bo‘lgan oyatlar bilan rad etishimiz mumkin. Haqiqatni izlayotgan kishi uchun shu kifoya qiladi. Alloh o‘zini zikr qilgan barcha ko‘plik shakllari U munosib bo‘lgan ulug’likka, Uning ism va sifatlari ko‘pligi hamda Uning askarlari va farishtalari ko‘pligiga ishora qiladi» (Shayxul Islomning «Aqidatu Tadmuriya» kitobi, 109-bet).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • O‘nta vasiyat

    Qur’onda ham Injildagi o‘nta vasiyatga o‘xshash narsa bormi?
  • Tumor bilan hojatxonaga kirish

    Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?
  • Ixlos surasining fazilatlari

    Men anchadan beri Islom ta’limotlariga ergashib kelyapman va hali ham o‘rganish jarayonidaman. Do‘stim menga duolar kitobini berdi. Kitobda men bilmaydigan ba’zi sura va oyatlarni o‘qish kerakligi aytilgan. Ular arabcha so‘zlardan iborat, lotin alifbosida yozilgan:1. Alhamdu surasi 2. Innaa fatahna surasi 3. Daloilul xoyrot 4. Allohu-s-Somad (Bu Allohning go‘zal ismlaridan birimi? Uni 500 marta takrorlash kerakmi yoki bu faqat duoning nomimi?) 5. Amma yatasaa’a surasi 6. «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» kalimasi 100 marta.Buning matnini va qaysi surada ekanligini aytib berishingizni so‘rayman. Chunki mendagi Qur’on ingliz tilida bo‘lib, 114 suraga bo‘lingan, 30 ta emas.
  • Qur’onining Islom shariatidagi o‘rni

    Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?
  • «Malaul a’lo»ning ma’nosi

    Men hozirda islomiy urf-odatlarni o‘rganayotgan g‘ayridinman. Olimlarning payg‘ambarlar haqidagi oyatlar tafsirlari bo‘yicha ilmiy ish yozmoqdaman. Tadqiqotim davomida tez-tez uchraydigan iboralardan biri — «Mala’ul a’lo» so‘zidir. Bu iboraning ma’nosini tushunmayapman. Agar uni tushunishimga yordam bersangiz juda minnatdor bo‘lardim. Vaqtingiz va yordamingiz uchun oldindan tashakkur bildiraman.
  • Kofirlarning Qur’onni ushlashi joizmi?

    Qur’onni boshqa tilga, misol uchun, fransuz tiliga tarjima qilish joizmi va uni g‘ayridinlar o‘qishi mumkinmi? Alloh taolo: ﴿إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ ۝٧٧ فِي كِتَابٍ مَكْنُونٍ ۝٧٨ لَا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ ۝٧٩﴾ «Albatta u Ulug‘ Qur’ondir! (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi Ulug‘ Qur’ondir). Uni faqat pok kishilargina ushlarlar» (Voqea: 77-79), deydi. Kitobning sarlavhasida shunday deyilgan: ﴿وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ مُحِيطًا ۝١٢٦ وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ ۖ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا یُتۡلَىٰ عَلَیۡكُمۡ فِی ٱلۡكِتَـٰبِ﴾ «Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Alloh hamma narsani ihota qilguvchi bo‘lgan Zotdir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ayting: «Ular to‘g‘risida sizlarga Alloh va Kitobda (Qur’onda) tilovat qilinadigan oyatlar fatvo berur» (Niso: 126-127).