Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Ilm » Odam alayhissalom farzandlarining nikohi
Fatvo: 255

O'qildi: 177

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » »

Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

Savol

Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Modomiki qalbingiz iymon bilan xotirjam ekan, inshaalloh, bu kabi vasvasalar sizga zarar yetkaza olmaydi. Chunki moʻminning qalbiga shubha tushsa yoki aqlida sharʼiy hukmlar borasida qandaydir ziddiyat tugʻilsa, u haqiqatga iymon keltiradi va bu shubhaga javob bor ekanligiga, bu ziddiyatning yechimi borligiga ishonadi. Garchi bu shubhaning javobini bilmasa va unga bayon qilinmagan boʻlsa ham. Lekin inson qalbini shubhalar uchun omborxona qilmasligi yoki muammolarni izlashni oʻziga maqsad qilib, foydali ilm izlashni tark etmasligi lozim. Shuningdek, musulmon shariatdagi asl hukmlarni bilishi kerak, toki shubhali narsalarda asl hukmlarga murojaat qila olsin.

Siz soʻragan masalaga kelsak, shariatlar har xil boʻlishi bilan hukmlar ham turlicha boʻlishi mumkin. Lekin asoslar va eʼtiqodlar barcha shariatlarda sobit va oʻzgarmasdir. Agar haykallar yasash Sulaymon alayhissalom shariatida joiz boʻlgan boʻlsa, bizning shariatimizda haromdir. Agar taʼzim sajdasi Yusuf alayhissalom shariatida joiz boʻlgan boʻlsa, bizning shariatimizda haromdir. Agar jangdan tushga oʻljalar bizdan oldingi ummatlarga harom qilingan boʻlsa, bizga haloldir. Agar boshqa ummatlarning qiblasi Baytul Maqdis boʻlgan boʻlsa, bizning qiblamiz Kaʼbadir. Shunga oʻxshash, Odam alayhissalom shariatida akani singlisiga uylantirish joiz boʻlgan, ammo keyingi shariatlarda bunday emas.

Hofiz Ibn Kasir rohimahullohning bu masalaga quyidagicha izoh bergan:

“Alloh taolo Odam alayhissalomga zarurat sababli qizlarini oʻgʻillariga uylantirishni shariat qilgan. Lekin aytishlaricha, Havvo onamizning har bir homilasida bir oʻgʻil va bir qiz tugʻilar edi. U birinchi homiladan tugʻilgan qizni keyingi homiladan tugʻilgan oʻgʻilga nikohlar edi. Suddiy Abu Molik va Abu Solih orqali Ibn Abbosdan, Murra orqali Ibn Masʼuddan va Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir nechtasidan rivoyat qilishicha, Odam alayhissalom necha bor farzand koʻrsalar, har birida bir oʻgʻil, bir qiz tugʻilar edi. U birinchi homiladan tugʻilgan oʻgʻilni ikkinchi homiladan tugʻilgan qizga uylantirar va birinchi homiladan tugʻilgan qizni ikkinchi homiladan tugʻilgan oʻgʻilga turmushga berar edi” (Tafsiri Ibn Kasir: Moida surasi, 27-oyat).

Allohdan biz-u sizni komil iymonga va foydali ilmga muvaffaq qilishini soʻrayman. Allohning salovoti Paygʻambarimiz Muhammadga boʻlsin.

 

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Tumor bilan hojatxonaga kirish

    Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?
  • Ayolning oshig‘i uni dinni qabul qilishdan to’sdi

    Bir g‘ayridin ayol g‘ayridin erkak bilan munosabatda bo‘lgan. U yigitining unga yaxshi munosabatda bo‘lmayotgani uchun uni tark etib, musulmon erkak bilan munosabatda bo’lishga qaror qildi. U musulmon erkakka, ya’ni menga turmushga chiqmoqchi ekanini bildirdi. Ayolning g‘ayridin yigitni endi sevmasligi va u bilan qolishni istamasligi haqidagi gapiga asoslanib, men uni qabul qilishga rozi bo‘ldim. Chunki ayol sobiq yigiti bilan zino qilganiga qaramay, Islomni qabul qilishga ahd qilgan edi. Zero, Alloh taolo insonning Islomga kirgunicha qilgan barcha gunohlarini kechiradi. Shundan so‘ng, ayolning sobiq yigiti uning men bilan turmush qurishini bilgach, uni ketmaslikka ko‘ndirdi va ayol fikrini o‘zgartirdi. Shundan soʻng, men butunlay tushkunlikka tushib qoldim. Chunki men uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga tayyor edim, u Islomni qabul qilmoqchi edi, ammo keyin va’dasidan qaytdi. Bu masalaga qanday yondashishim kerak? Bundan tashqari, uning yigiti boshqa qizlar bilan vaqt o‘tkazayotganini sezganimda (ular bilan jinsiy aloqada bo‘lganiga ishonchim komil emas), garchi menda hech qanday dalil bo‘lmasa-da, qizni yana unga qaytishga qaror qilganidan afsuslandim va uni toʻgʻrilashga harakat qildim. Bu holat meni ruhiy jihatdan qiynadi. Qizni bu dunyoda baxtli hayot kechirsa-da, oxirat azobi haqida ogohlantirib, uni bu yoʻldan qaytarishim toʻgʻrimi? Alloh sizga rahm qilsin va sizga bu dunyoda hamda oxiratda baraka bersin
  • Istixora namozi haqida

    Istixora namozi qanday o‘qiladi va unda qanday duo aytiladi?
  • Tahorat paytidagi zikrlar

    Tahorat olayotganda nimalar qilish mustahab hisoblanadi? Tahoratdan so‘ng nima deyiladi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Ijtihod va fatvo berish darajasi

    Kishi qachon ijtihod qilish va fatvo berish huquqiga ega bo‘ladi? Ko‘plab dindor yigitlar dalillarga kirishib, sodir bo‘layotgan hodisalar va masalalarning hukmlari haqida halol va harom qilish borasida gapiradilar hamda yangi masalalarga fiqhiy hukmlar bo‘yicha o‘z fikrlarini aytadilar.