Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ruhiy va ijtimoiy muammolar » Ijtimoiy muammolar » Imtiyozli davlat fuqaroligini olish uchun nasl-nasabni o‘zgartirish
Fatvo: 638

O'qildi: 231

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Imtiyozli davlat fuqaroligini olish uchun nasl-nasabni o‘zgartirish

Savol

Inson afzalliklarga ega bo‘lgan davlatning fuqaroligini olish uchun o‘z nasabini o‘zgartirishining hukmi qanday? Masalan, ma’lum bir davlatning fuqaroligi bor amakisiga o‘zini farzand, yo uka, yoki tog’a, yoki boshqa qarindosh ekanligini da’vo qilishi mumkin. Shu orqali u o‘sha fuqarolikni va bu bilan bog‘liq barcha imtiyozlarni qoʻlga kiritadi. Holbuki, uning hech qanday muammosi yoʻq va o‘z fuqaroligi hamda tegishli hujjatlari mavjud. U bu ishni faqat moddiy manfaatlar yo‘lida qilyapti. Bu ishning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu ish haromdir. Kishi o‘zini otasidan boshqaga mansub deb da’vo qilishi joiz emas. Chunki bu yolg‘onga, meros olishga, mahramlikka va nasab bilan bog‘liq barcha masalalarga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘zini otasidan boshqaga nisbat bergan kishiga qattiq ogohlantirishlar kelgan.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ انْتَسَبَ إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ … فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللَّهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ»

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimki o‘zini o‘z otasidan boshqaga nisbat bersaunga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lsin» (Ibn Moja 2609; «Sahihul Jome’», 6104).

Bu ish, shuningdek, gunohi kabiralardandir. Balki bir emas, ikki gunohi kabiradan tarkib topgan:
Birinchisi: birovning molini botil yo‘l bilan yeyish uchun yolg‘on gapirish;
Ikkinchisi: o‘zini otasidan boshqaga nisbat berish.

Inson bu masalada haqqa qaytishi, soxta fuqarolik hujjatlarini yirtib otishi va haqiqiy nasabi ko‘rsatilgan asl hujjatlariga qaytishi lozim. Bu uning boʻynidagi vojibdir.

Men insonning dunyo ilinjida bu kabi harom ishga qo‘l urishidan ajablanaman.
Alloh taolo aytadi:

﴿مَّن كَانَ یُرِیدُ ٱلۡعَاجِلَةَ عَجَّلۡنَا لَهُۥ فِیهَا مَا نَشَاۤءُ لِمَن نُّرِیدُ ثُمَّ جَعَلۡنَا لَهُۥ جَهَنَّمَ یَصۡلَىٰهَا مَذۡمُومࣰا مَّدۡحُورࣰا ۝١٨﴾

«Kim naqd (dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) O‘zimiz istagan kimsalar uchun O‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz. So‘ngra (ya’ni, Oxiratda) uning uchun o‘zi mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda kiradigan jahannamni joy qilib berurmiz» (Isro: 18).

Bu ishni qilgan odam Allohga tavba qilishi kerak. Alloh o‘tgan gunohlarni afv qilsin. Ammo fuqarolik sababli olgan pullariga kelsak, Alloh taolo aytganidek:

﴿فَمَن جَاۤءَهُۥ مَوۡعِظَةࣱ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمۡرُهُۥۤ إِلَى ٱللَّهِۖ﴾

«Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza — nasihat yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, Alloh xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo‘rlikka) qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar» (Baqara: 275)

Ushbu oyat sudxo‘rlik qiluvchi haqida aytilgan, shuning uchun u kichikroq gunohlarga yanada ko‘proq taalluqlidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Eriga xiyonat qilgan ayolga eslatma

    Men 26 yoshli qizman, bir hafta oldin ajrashdim. Bir yil oldin erimning uyini tark etib, ikki yoshli farzandim bilan ota-onamnikiga ketgan edim. Sevgi asosida qurilgan nikohimizning boshida qaynonamning uyida yashadik. Qaynonam hamma narsaga aralasha boshladi va hayot qiyinchiliklarini yengish hamda toʻyimiz uchun olingan qarzni toʻlashda erimga yordam berishim uchun ishlashimni talab qildi. Haqiqatan ham ish topdim, ishladim va unga yordam berdim. Yagona shartim — qaynonamning doimiy aralashuvidan uzoqda, alohida yashashimiz edi. U menga buni vaʼda qilgandi. Uyda hamma narsani qaynonam boshqarardi, erim esa eʼtiroz bildira olmasdi, aks holda onasi uni uydan chiqarib yuborishini aytardi. Qaynonam ham ishlar edi. Erimga kelsak, u bilan ikki yil yashab, uni boshida tanigan odamimdan butunlay boshqacha shaxs ekanini bildim. U shunchaki niqob ekan. U mening bor maoshimni olib qoʻyar, oʻzimga kundalik xarajat uchun ozgina pul berardi. Pulga muhtoj boʻlib qolsa yoki ishini tashlasa, tillalarimni sotishni talab qilardi. Men sotardim, baʼzida u oʻzi ham sotardi. Ota-onamdan qarz olishimni soʻrardi va men olardim. Evaziga esa u menga hech narsa bermasdi, men hamma narsadan mahrum edim. U doim menga: «Vaziyatimizni bilasan-ku, chida», derdi. Hamyonini mashinasida yashirar va unda pul bor-yoʻqligini bilishga haqqim yoʻqligini aytardi. Oramizdagi muammolar koʻpaya boshladi. Men alohida uyga koʻchishni soʻrashda davom etdim, chunki kim kirib, kim chiqayotgani nomaʼlum boʻlgan uyda yashashga oʻrganmagan edim. Uning ajrashgan singlisi bor edi, u ishlar va ish joyida — (bizning hududimizdan tashqaridagi) mehmonxonada tunardi. U ziyoratga kelganida har kecha koʻchaga aylangani chiqib ketar va yarim tundan keyin qaytardi. Bu holat meni qoniqtirmasdi va yoqtirmasdim. «Hurmatli» erimga: «Jamiyat bu uyning aholisi haqida nima deydi? Bu ayb-ku», derdim. U esa: «Men ular bilan gaplashaman, bu menga ham yoqmaydi», deb javob berar va meni gap bilan yupatib yurardi. Oxir-oqibat u menga: «Bu bizning odatlarimiz va tabiatimiz (ular arab boʻlmagan millat vakillari edi), men onam va singlimni yolgʻiz qoldirib, ulardan uzoqda yashay olmayman», dedi. Ota-onamga aytishga ikkilanib yurdim, chunki ular boshidanoq bu nikohga qarshi boʻlishgandi, lekin men undagi xulq va qalb goʻzalligini koʻrib, turib oldim. Qanchalik koʻr boʻlgan ekanman. Oxiri, u onasiga mendan shikoyat qilayotganini, onasi esa uni meni urishga va bolamni tortib olishga undayotganini eshitib qolganimdan soʻng ota-onamga aytdim. Bu oxirgi voqea boʻldi va men uni tark etib, ota-onamning uyiga ketdim. U ikki haftadan keyin nima uchun uydan ketganimni bilish uchun keldi, lekin men unga gaplarini eshitib qolganimni aytmadim. Talabim — ularnikida emas, alohida sharʼiy uy edi. U rozi boʻldi. Uyni koʻrganimizdan va u uyni koʻrgani borganidan soʻng fikridan qaytdi. Bu masala ikki yil davom etdi. Shu vaqt ichida u meni kim bilandir munosabatda boʻlishda va kimdir mening fikrimni buzayotganlikda aybladi. Bunga sabab, otamning bir tanishi meni ish joyimdan olib ketayotganini koʻrib qolgani boʻldi. Oʻsha kuni uni tasodifan ish joyimda uchratgandim, erim esa pastda meni kutib turgan ekan. Menga ozor berishidan qoʻrqib, oʻsha odamdan meni tashlab qoʻyishni iltimos qilgandim. Shundan soʻng u meni yomon otliq qilish uchun odamlar yubordi: yo onasining uyiga qaytaman, yoki huquqlarimdan voz kechib ajrashaman. Men albatta rad etdim va ajrashishga qatʼiy qaror qildim, endi uy ham kerak emas edi. U menga nisbatan «itoat» (toʻat) daʼvosini ikki marta ochdi, oxiri men ajrashish uchun daʼvo arizasi berdim. Lekin oxirgi besh oy davomida men oʻsha otam taniydigan, meni tashlab qoʻygan kishi bilan tasodifan gaplashib qoldim. U mendan taxminan 14 yosh katta. Unga boshimdan oʻtganlarni aytib berdim, u meni qoʻllab-quvvatladi va hayot haqida, odamlar haqidagi baʼzi narsalarni tushuntirdi. Baʼzi narsalarga sukut saqlab boʻlmasligini, bu odam bilan boshidanoq birga boʻlishim xato boʻlganini va hech kimning maslahatiga quloq solmay xato qilganimni aytdi. Keyinchalik bu kishiga nisbatan oʻzimda intilish his qila boshladim. Ichimdan bu qilmishimni xato ekanini bilardim va bu tuygʻu meni doim qiynardi, ayniqsa uni sevib qolganimdan keyin. Bilaman, u ham meni yaxshi koʻradi. Bu narsa rejalashtirilmagan edi. Biz bir necha bor uchrashdik, koʻrishdik, oʻtirdik va koʻp gaplashdik. Hatto u men hali ajrashmasimdan oldin menga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men ham buni xohlayman, lekin keyinroq, ayniqsa bu munosabatlar boshlangan sharoit tufayli qarshiliklar boʻlishidan qoʻrqaman. Boshqa bir erkakning nikohida boʻla turib boshqani sevib qolganim uchun Allohdan qoʻrqaman. Vaholanki, erimni tark etganimga bir yil-u uch oy boʻlgan, ajrashganimga esa taxminan ikki hafta boʻldi. Qilgan ishlarim haqida menga yoʻl koʻrsating. Men xato qildimmi? Qilgan ishim harommi? Oʻzim bilan doim ziddiyatdaman va qattiq hayronlikdaman, chunki Allohning gʻazabini keltirishni va gunoh ish qilishni xohlamayman.
  • Internet – Islom mezonida

    Yaqinda Alloh menga Oʻz jannatiga yoʻl ochdi va men musulmon boʻldim. Men Islomning internet haqidagi qarashini bilmoqchiman. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi Microsoft kompaniyasiga sarmoya kiritmoq istagim bor. Maʼlumki, internetdan nimani koʻrish foydalanuvchining oʻz ixtiyorida: yalangʻoch ayollarning suratlarimi yoki foydali maʼlumotlarmi?! Biroq, men shuni bilamanki, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi internet foydalanuvchilarining 60 foizi tarmoqdan nooʻrin web-saytlarni koʻrish uchun foydalanadi.
  • Allohning shariati bilan hukm qilmagan kimsaning kufri

    Shariatdan boshqa qonunlar bilan hukm qilish katta kufrmi yoki kichik kufrmi?