Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Er-xotin huquqlari » Ustiga xotin olsa, taloq qilishini so’radi
Fatvo: 452

O'qildi: 150

25.06.2025

/ 29 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Ustiga xotin olsa, taloq qilishini so’radi

Savol

Ayolim bilan mening yana uylanish istagim haqida suhbatlashdik. U mendan, agar boshqa ayolga uylansam, uni taloq qilishimni so‘radi. Biz ikkalamiz ham musulmonmiz va islomiy nikoh bilan turmush qurganmiz. U nikohda boshqa ayolga uylanmasligimni shart qilmagan edi. Uning Alloh halol qilgan, ruxsat bergan narsani rad etishi va harom qilishi joizmi? Ayolim ibodatgoʻy muslimalardan. Shuning uchun shariat va sunnatga muvofiq, dalillarga asoslangan holda javob berilishini istayapti.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar erkak jismoniy va moliyaviy jihatdan boshqa xotinga uylanishga qodir bo‘lsa, barcha xotinlariga adolat qila olsa va bunga xohish-istagi bo‘lsa, uning to’rttagacha uylanishiga shariat ruxsat beradi. Alloh taolo aytadi:

﴿فَٱنكِحُواْ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثۡنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَ  ۝٣﴾

«Sizlar uchun nikohi halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar» (Niso: 3).

Shuningdek, bu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam va sahobalar roziyallohu anhumning amalidandir. Biroq Payg‘ambardan boshqalarga to‘rttadan ortiq ayolga uylanish joiz emas.

Ma’lumki, ayollar tabiatan rashkchi bo‘lib, erini boshqa ayollar bilan baham ko‘rishni xohlamaydilar. Bu rashk uchun ayollarni ayblab bo‘lmaydi, chunki bu tuyg‘u eng soliha ayollarda, sahobiyalarda va hatto mo‘minlarning onalarida ham bo‘lgan. Biroq ayollar rashk tufayli Allohning hukmiga qarshi chiqmasliklari va uni to‘sishga urinmasliklari kerak. Xotin eriga boshqa xotinga uylanishiga ruxsat berishi lozim, chunki bu yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilishning bir turidir.

Muttafaqun alayh bo‘lgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ وَلَا يُسْلِمُهُ، وَمَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ كَانَ اللهُ فِي حَاجَتِهِ».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo shunday xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi», dedilar» (Buxoriy, 6951; Muslim, 2580).

Erkakning boshqa xotin olishi uchun birinchi xotinning roziligi shart emas. Doimiy fatvo qo‘mitasidan bu haqda so‘ralganda, ular quyidagicha javob berganlar:
«Er ikkinchi marta uylanmoqchi bo‘lsa, birinchi xotinini rozi qilishi farz emas. Lekin go‘zal axloq va yaxshi muomala yuzasidan uning ko‘nglini olishi, ayollar tabiatida bunday holatda bo‘ladigan og‘riqlarni yengillatishi maqsadga muvofiqdir. Bu ochiq yuzlilik, yaxshi qarshi olish, chiroyli so‘z va agar rozi bo‘lishi uchun kerak bo‘lsa, zarur bo‘lgan mablag‘larni sarflash bilan amalga oshiriladi».

Ammo, agar uylansangiz, uning sizdan taloq so‘rashi xatodir. Shuningdek, vaziyatni sinchiklab o‘rganish lozim: agar u chindan ham boshqa xotin bilan yashay olmasa, u holda xulu’ (mahrdan voz kechib, xotin tomonidan so‘ralgan ajralish) talab qilishi mumkin. Agar shu holda yashashga qodir bo‘lsa-yu, lekin unga og‘ir botsa va qiynalsa, Allohning yuzini istab sabr qilish vojibdir.

Savbon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilganlar:

عَنْ ثَوْبَانَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّمَا امْرَأَةٍ سَأَلَتْ زَوْجَهَا الطَّلَاقَ مِنْ غَيْرِ بَأْسٍ فَحَرَامٌ عَلَيْهَا رَائِحَةُ الْجَنَّةِ»

Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir ayol arzimas sabab tufayli eridan taloq so‘rasa, unga jannatning hidi ham haromdir», dedilar» (Termiziy, 1187 (hasan hadis); Abu Dovud, 2226 (sahih hadis).

Agar sabr qilsa, Alloh unga yengillik ato etadi, ko‘nglini keng qiladi va uni yaxshilik bilan mukofotlaydi. Er ham o‘z navbatida xotiniga yaxshi muomala qilishi, chiroyli munosabatda bo‘lish orqali unga yordam berishi, uning rashki va boshqa xatti-harakatlariga sabr qilishi hamda kamchiliklariga qarshi kechirimli bo‘lishi lozim.

Alloh muvaffaq qiluvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bachadonini oldirgan ayol va farzand istagi bor er uchun yechim

    Ikki yil oldin ayolim bachadon va jinsiy a’zolarini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U bu qadamni tuxumdonlarga ta’sir qilishi ehtimoli bor va uzoq muddatda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni inobatga olib, shifokorning tavsiyasidan so‘ng o‘z mas’uliyatiga oldi. Ammo men yana farzand ko‘rishni xohlardim. Biz musulmonmiz va men yana farzandli bo‘lib, ularni Islom ta’limotlari asosida tarbiyalashni istayman.Operatsiyadan keyin xotinimda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar sezildi, uning menga nisbatan munosabati sovuqlashdi. Bu hol meni qiynamoqda, ammo men baribir uni yaxshi ko‘raman. Mening hozir ikki farzandim bor: biri o‘z o‘g‘lim, 11 yoshda, ikkinchisi xotinimning avvalgi nikohidan o‘g‘li, 15 yoshda. Kichik o‘g‘lim Islomni qabul qildi, katta o‘g‘lim esa dinga befarq. Shunga qaramay, unisini ham o‘z farzandimdek yaxshi ko‘raman.Lekin men endi yana farzand ko‘rish, ikkinchi bor ota bo‘lish va ularni Islom dinida tarbiyalashni juda istayman. Shu bois, ikkinchi ayolga uylanish haqida o‘ylayapman. Biroq xotinim bunga qarshi, garchi u nikoh asnosida bunda shart qoʻymagan bo‘lsa ham. Agar men bu ishga qoʻl ursam, u men bilan ajrashishi mumkinligini bilaman. Men ikkilanib qoldim, xotinimdan ajralmasdan yangi hayot boshlasam to‘g‘ri bo’ladimi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Bu borada menga qanday maslahat berasiz?
  • Ahlidan olti oydan ko‘p ayro bo‘lish

    Men yaqinda o‘z yurtimdan uylanmoqchiman, lekin talaba bo‘lganim sababli, turmush o‘rtog‘imni bu yurtga olib kela olmayman. Bilishimcha, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, er kishi xotinidan uch oydan ortiq uzoqda bo‘lishi joiz emas degan ekan. Afsuski, men o‘z yurtimga kamida bir yildan keyin qayta olaman. Islomdagi «Zaruratlar taqiqlangan narsalarga ruxsat beradi» qoidasiga asosan, uylangach xotinimdan uzoqda qolishim mumkinmi?
  • Er-xotin o‘rtasidagi janjal

    O‘tgan hafta men, xotinim va uning 20 yoshli qizi o‘rtasida bir voqea sodir bo‘ldi. Qizining farzandi bor, lekin u hamon biz bilan birga yashaydi. Men xotinimga bir narsa aytdim, bu uni g‘azablantirdi va u menga qo‘pol gapirdi, qo‘pollik qildi va qo‘polona munosabatda bo‘ldi. Men esa uning yuzini qo‘lim bilan ushlab, yengil bosdim va kula boshladim. Birdan u meni ura boshladi va tepdi, men esa uni yuzimga urolmaydigan qilib ushlab oldim. Shu payt uning qizi aralashib, boshimga ura boshladi. Men o‘zimni tutdim va g‘azablanmadim. Keyin uning qizi politsiyani chaqirdi, ular kelib, hamma bilan so‘rashib, bayonnoma tuzishdi. Xotinim qizining xulq-atvori haqida hech qanday afsus bildirmadi va qiziga bunday munosabatda bo‘lish mumkin degan kabi harakat qildi. Men hozirda ular bilan bir uyda yashamayapman va aslida qaytishni ham istamayman, lekin men xotinimni juda qadrlayman va Qur’on hamda Sunnat belgilagan uslubda u bilan yashash uchun kurashayapman. U Qur’on va sunnatni faqat qalbi g‘azabdan xoli bo‘lganida tinglaydi. Bu voqea mening azmimni zaiflashtirdi. Mening barcha intilishim — haqiqiy Islom ta’limotlariga binoan yashash. Iltimos, bu masalada menga yordam bering. Allohning sizga salomi boʻlsin.
  • Ayollar sovg’a ulashishdagi adolat mezoni

    Bir erkakning ikki xotini bor. Bizning urf-odatlarimizga ko‘ra, er ayoli farzand ko‘rgandan so‘ng unga sovg‘a beradi. Agar xotinlardan biri farzand ko‘rsa, er ikkala xotiniga ham sovg‘a berishi kerakmi yoki faqat farzand ko‘rgan xotinigagina bersa bo‘ladimi?
  • Ayolning orqa avratiga yaqinlik qilish hukmi

    Muhtaram shayximiz, ushbu noqulay savolni berganim uchun uzr soʻrayman. Savolim: xotinning orqa avratidan yaqinlik qilishning hukmi qanday?
  • Er-xotin orasidagi jinsiy aloqalarning me’yori

    Er-xotin nikoh kechasida jinsiy aloqa qilishi mumkinmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, er xotini bilan bir haftada qancha marta jinsiy aloqada bo‘lishi mumkin, bir martami yo ko‘proq yoki kamroqmi? Iltimos, so‘ramoqchi bo‘lgan narsani ifodalash uchun boshqa so‘z topa olmadim.