Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nafaqa » Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?
Fatvo: 2686

O'qildi: 49

14.02.2026

/ 26 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?

Savol

Ishlaydigan ayol uy xarajatlarini to‘lashi kerakmi? Chunki eri: «Agar uy xarajatlarini to‘lamasang, ishlashga haqqing yo‘q», deydi. Erining uning maoshida haqqi bormi? Agar u uy xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘lsa, u bilan eri o‘rtasida qanday nisbat bo‘lishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu masala, ya’ni ishlash va rizq talab qilish uchun g‘urbatda bo‘lgan er-xotin o‘rtasidagi uy xarajatlari masalasida ular o‘rtasida kelishuv bo‘lishi va nizo bo‘lmasligi kerak.

Vojib nuqtai nazaridan esa, bu farqli bo‘lib, bunda tafsilot bor:

  1. Agar eringiz sizga xarajatlar siz bilan u o‘rtasida bo‘lishi, aks holda sizga ishlashga ruxsat bermasligi shartini qo‘ygan bo‘lsa, «Musulmonlar o‘z shartlariga binoan (ish tutadilar)».
عَنْكَثِيرُ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَوْفٍ الْمُزَنِيُّ ، عَنْأَبِيهِ ، عَنْجَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْمُسْلِمُونَ عَلَى شُرُوطِهِمْ، إِلَّا شَرْطًا حَرَّمَ حَلَالًا أَوْ أَحَلَّ حَرَامًا»

Amr ibn Avf al-Muzaniydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Musulmonlar o‘z shartlariga binoan (ish tutadilar), faqat halolni harom qiladigan yoki haromni halol qiladigan shart bundan mustasno», dedilar» (Termiziy, 1352; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 1352).

Bosha hadisda esa:

عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَحَقُّ الشُّرُوطِ أَنْ تُوفُوا بِهِ مَا اسْتَحْلَلْتُمْ بِهِ الْفُرُوجَ».

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bajaradigan shartlaringizning eng haqlisi – farjlarni halol qilganingizdagisidir», dedilar» («Sahihi Buxoriy», 2721; «Sahihi Muslim», 1418). Shunday ekan, agar siz ikkovingiz o‘rtasida shartlar bo‘lsa, siz ikkovingiz o‘z shartlaringizga binoan ish tutasiz.

  1. Agar siz ikkovingiz o‘rtasida shartlar bo‘lmasa, barcha xarajatlar erga yuklanadi. Ayolga uy xarajatlarini to‘lash vojib emas. Nafaqa qiluvchi erdir. Alloh jalla va a’lo:
﴿لِيُنْفِقْ ذُو سَعَةٍ مِنْ سَعَتِهِ﴾

«Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni, boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin» (Taloq: 7).

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «فَاتَّقُوا اللهَ فِي النِّسَاءِ؛ فَإِنَّكُمْ أَخَذْتُمُوهُنَّ بِأَمَانِ اللهِ، وَاسْتَحْلَلْتُمْ فُرُوجَهُنَّ بِكَلِمَةِ اللهِ، وَلَكُمْ عَلَيْهِنَّ أَنْ لَا يُوطِئْنَ فُرُشَكُمْ أَحَدًا تَكْرَهُونَهُ، فَإِنْ فَعَلْنَ ذَلِكَ، فَاضْرِبُوهُنَّ ضَرْبًا غَيْرَ مُبَرِّحٍ، وَلَهُنَّ عَلَيْكُمْ رِزْقُهُنَّ، وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ».

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (vidolashuv hajlarida xutba qilib): «Ayollar xususida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, siz ularni Allohning omonati ila olgansiz va Allohning kalimasi ila farjlarini o‘zingizga halol qilgansiz. Ularning zimmasidagi haqqingiz – siz yomon ko‘rgan kimsani ostonangizdan hatlatmasliklaridir. Bordiyu, shunday qilishsa, ularni qattiq bo‘lmagan (jarohat yetkazmaydigan) tarzda uring. Ularning sizning zimmangizdagi haqqi – ma’ruf ila yedirib, kiyintirishdir», dedilar» (Sahihi Muslim, 1218; Hadisning boshi va davomi bor. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vidolashuv hajlari batafsil bayon etilgan).

Shunga koʻra, nafaqa erning zimmasidadir. U o‘zi, xotini va farzandlari uchun uy ehtiyojlari va ishlari bilan ta’minlaydi. Ayolning maoshi oʻzi uchun, ish haqi oʻziga tegishli. Chunki bu uning ishi va mehnatining evazidir. Erkak ayol bilan nikohga kirishda uning sarf-xarajatlari, yoki xarajatlarning yarmi, yoxud shunga o‘xshash biror shart qo‘ymagan.

Faqat ayol o‘z ish haqidan biror qismini ko‘ngildan chiqarib rozi bo‘lib bersa, uni olishi mumkin. Alloh taolo shunday degan:

﴿فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَنْ شَيْءٍ مِنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَرِيئًا﴾

«Agar o‘zlari sizlar uchun undan biron narsani ixtiyoriy ravishda kechsalar, sizlar uni pok va muborak bilib yeyaveringlar» (Niso: 4).

Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, agar er nikohga ma’lum shartlar bilan kirsa, «Musulmonlar o‘z shartlariga binoan ish tutadilar».

Men sizga, eringizning ko‘nglini xotirjam qilish, nizoni hal qilish va muammoni bartaraf etish uchun maoshingizning bir qismini eringizga berishni maslahat beraman. Toki siz ikkingiz tinchlik, rohat va xotirjamlikda yashang. Muammolarni hal qilish va kelishmovchiliklarni uyg‘unlik, qanoat va tinchlik bilan almashtirish uchun o‘zaro kelishuvga erishing. Masalan, maoshingizning yarmi, uchdan biri, to‘rtdan biri yoki shunga o‘xshash qismi haqida kelishib oling.

Yoki er Alloh taolo unga taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lib, imkoni boricha nafaqa qilsin va sizning maoshingizni talab qilishdan tiyilib, bu masaladan yuksak tursin.

Agar buning iloji bo‘lmasa, yashayotgan davlatingizdagi mahkamaga murojaat qilishingiz mumkin. Shar’iy mahkamaning qarori, inshaalloh, yetarli yechim beradi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

-1

O’xshash fatvolar

  • Xotin va bolalar otasining harom molidan iste’mol qilishi

    Ko‘plab musulmon oilalarida erkaklar spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va boshqa harom narsalarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ularning xotinlari va bolalari bundan norozi bo‘lsalar-da, uning moli evaziga kun ko‘rishadi. Ular buning uchun gunohkor bo‘lishadimi?
  • Otaning harom kasbidan bolaga nafaqa berish

    Agar siz yosh boʻlsangiz va ota-onangizning kasbi-koriga gohida harom aralashsa, masalan, ular barlarda ishlashadi va ijaraga olgan uylarining sugʻurtasini toʻlashda sudxoʻrlik qilishadi. Savolim shundan iborat: bilishimcha, bir qancha hadislarda Alloh taolo harom yoʻllar bilan pul topadiganlarning duolari va namozlarini qabul qilmasligi aytilgan. Agar ozgina mablagʻ harom manbadan boʻlsa va siz hali yosh boʻlsangiz, bu hadis sizga ham tegishli boʻladimi?